Toshqulov Abduqodir Hamidovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar: 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq xo‘jaligi korxonalari iqtisodiy faoliyatini soliqlar vositasida rag‘batlantirish masalalari (Surxondaryo viloyati misolida)»,08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit(iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Iqt259
Ilmiymaslahatchi: Toshmatov Shuxrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori,professor.
Dissertatsiya bajarilganmuassasanomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.20/13.05.2020.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmanov Qalandar Xadjaevich,O‘zbekiston Respublikasi FA akademigi;  Almardonov Muxamadi Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;O‘rmonov Jahongir Jaloliddinovich,iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligi korxonalari iqtisodiy faoliyatini soliqlar vositasida rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
soliq solish maqsadida qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari maqomini olish uchun jami daromadida o‘zi ishlab chiqargan mahsuloti hamda uni qayta ishlashdan olgan daromadining ulushi soliq davrida kamida 80 foizini tashkil etishi zarurligi yuzasidan mezonning kiritilish maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
yagona er solig‘i bekor qilinishi va aylanmadan soliq joriy etilishi munosabati bilan 50 va undan ortiq gektar sug‘oriladigan ekin maydoni bo‘lgan qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun umumbelgilangan tartibda soliq solish tartibini saqlab qolish maqsadga muvofiqligi isbotlangan;
mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni tizimlashtirish orqali qishloq xo‘jaligi korxonalarida ustuvor faoliyatlarni rag‘batlantirishning ta’sirchan mexanizmi isbotlangan; 
qishloq xo‘jaligi korxonalari iqtisodiy faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha pasaytirilgan stavkalarni qo‘llash maqsadga muvofiqligi asoslangan;
qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan yangi barpo etilayotgan bog‘, tokzor va tutzorlar egallagan erlarni soliqlar vositasida rag‘batlantirish zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida bank xizmatlarini innovatsion rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga nisbatan belgilangan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni bekor qilishtaklifidanyangi tahrirdagi Soliq kodeksida foydalanilgan(O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020 yil 25 dekabrdagi 15-42543-son ma’lumotnomasi). Natijada Surxondaryo viloyati bo‘yicha davlat byudjetiga 2020 yilning 1-choragida 23 478,7 mln so‘mlik qo‘shimcha soliqlar tushishiga erishildi;
paxta xomashyosigaxarid narxlarini qo‘shilgan qiymat solig‘iniinobatga olgan holda shakllantirish va ilgari foydalanilgan meneral o‘g‘itlar, yonilg‘i moylash materiallari va boshqa ish, xizmatlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobga olish bo‘yicha takliflardan yangi tahrirdagi Soliq kodeksidafoydalanilgan(O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020 yil 25 dekabrdagi 15-42543-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2019 yil yakuni bo‘yicha Surxondaryo viloyatidagi qishloq xo‘jaligi korxonalari ixtiyorida 38 787,2 mln so‘mlik mablag‘lar qoldirildi;
yagona er solig‘i bekor qilinishi va aylanmadan soliq joriy etilishi munosabati bilan 50 va undan ortiq gektar sug‘oriladigan ekin maydoni bo‘lgan qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun umumbelgilangan tartibda soliq solish tartibini saqlab qolish bo‘yicha taklifi yangi tahrirdagi Soliq kodeksini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020 yil 25 dekabrdagi 15-42543-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida umumbelgilangan tartibda soliq to‘lovchi qishloq xo‘jaligi korxonalar soni 2020 yilning 1-choragida 2120 taga oshgan;
yagona er solig‘ini bekor qilinishi munosabati bilan foyda solig‘i to‘lashga o‘tgan qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun foyda solig‘ining 0 foiz miqdoridagi stavkasini o‘rnatish taklifi yangi tahrirdagi Soliq kodeksida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2020 yil 11 iyuldagi 05-16/1132-son va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020 yil 25 dekabrdagi 15-42543-son ma’lumotnomalari). Natijada Surxondaryo viloyatidagi umumbelgilangan tartibda soliq to‘lovchi qishloq xo‘jaligi korxonalar ixtiyorida 2020 yilning 1-choragi 185,4 mln so‘mlik mablag‘ qoldirilgan;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar bo‘yicha pasaytirilgan stavkalarni qo‘llash taklifidanyangi tahrirdagi Soliq kodeksida foydalanilgan, (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020 yil 25 dekabrdagi 15-42543-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 2020 yil 1 apreldan 1 oktyabrgacha bo‘lgan davrda qishloq xo‘jaligidagi erlarni sug‘orish uchun foydalaniladigan hajmlar bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari o‘rnatilgan stavkalarga nisbatan 50 foizga pasaytirildi, Surxondaryo viloyati bo‘yicha joylashgan qishloq xo‘jaligi korxonalari bo‘yicha jami 34 722,7 mln so‘mlik suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq ular ixtiyorida qoldirilgan;
yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan erlarni soliqlar vositasida rag‘batlantirish taklifiyangi tahrirdagi Soliq kodeksida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2020 yil 11 iyuldagi 05-16/1132-sonli ma’lumotnomasi). Surxondaryo viloyatida 1284 gektar er maydonlariga bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar yangi barpo etildi, ular egallagan erlar uch yil muddatga er solig‘idan ozod qilindi. (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020 yil 25 dekabrdagi 15-42543-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 2020 yilda jami 411,7 mln. so‘mlik er solig‘i summalari qishloq xo‘jaligi korxonalari ixtiyorida qolishiga sabab bo‘lganligi aniqlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish