Sayt test rejimida ishlamoqda

Muminov Shuxrat Manapovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oyoq va chanoq venalarida shoshilinch jarrohlik yordam», 14.00.34–Yurak va qon-tomir xirurgiyasi (tibbiyot fanlari)

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /tibbiyot fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Tib521.

Ilmiy maslahatchi: Asamov Ravshan Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori,  professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (RShTYoIM).

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, 14.07.2016.Tib.17.01.

Rasmiy opponentlar: Tae-Von Kvon, tibbiyot fanlari doktori, professor (Koreya Respublikasi); Vladimir Vasil`evich Soroka, tibbiyot fanlari doktori, professor (Sankt-Peterburg, Rossiya); Akmal Abdullaevich Irnazarov, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.

Etakchi tashkilot: Parasel`s universiteti (Zal`sburg, Avstriya).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: o‘pka arteriyasi tromboemboliyasining oldini olish, oyoq venalari o‘tkir trombozini xirurgik davolash natijalarini yaxshilash, davolash-tashxislash taktikasini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor oyoq va tos venalari o‘tkir trombozining darajasi va tuzilmasi, shuningdek trombofiliyaning genetik hamda molekulyar omillari variabelligi aniqlangan;

chuqur venalar trombozi rivojlanishida FV-Leiden gen omili mutatsiyasi ta’sirining yuqoriligi isbotlangan;

o‘pka arteriyasi tromboemboliyasining oldini olishga qaratilgan pastki kavak venasini klipslash uchun klipsning yangi model` va moslamalari ishlab chiqilgan;

ishlab chiqilgan klipslovchi qurilmalarda mavjud endovenoz kava-fil`trlarga xos kamchilik va asoratlar (fil`trlar migratsiyasi, pastki kavak vena devori perforatsiyasi, qorinparda orti gematomalari, infil`tratsiyalar va fibroz) yo‘qligi isbotlangan;

qo‘llanilgan faol xirurgik va konservativ davolash usullari o‘pka arteriyasi tromboemboliyasining rivojlanish xavfini pasaytirishi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

o‘pka arteriyasi tromboemboliyasining oldini olish, oyoq venalari o‘tkir trombozini xirurgik davolash va tashxislash taktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

klipsani ligatura qo‘ymasdan mahkamlanishining ishonchliligini oshirish va pastki kavak venasi bel tarmoqlarini shikastlamasdan o‘rnatishni ta’minlaydigan «Kava-klipsa»ga Intellektual mulk agentligining (№IAP 03440; 04.04.2005y.) ixtiroga patenti olingan. Natijada retrombozlar soni 1,8 barobarga kamaygan;

tromb so‘rilgandan so‘ng venaning klipslangan joyi tabiiy holatini qaytaradigan «Kava-klipsa»ga Intellektual mulk agentligining (№ IAP 03553; 20.03.2006y.) ixtiroga patenti olingan  va bu surunkali venoz etishmovchiligi rivojlanishini 3,1 barobarga kamaytirgan;

pastki kavak venasining klipslangan qismini siqilishdan, uni bo‘rtib chiqqan kava-klipsa elementlarining ta’siridan ozod qilishni ta’minlaydigan «Kava-klipsa»ga Intellektual mulk agentligining (№ IAP 03923, 15.01.2007 y.) ixtiroga patenti olingan va bu o‘pka arteriyasi tromboemboliyasining asoratini 28,8% ga kamaytirgan;

klipsalarni xavfsiz tutashtirishda ishlatiladigan «Kava-klipsani joylashtirish uchun asbob»ga Intellektual mulk agentligining (№ IAP 03441, 27.04.2005y.) ixtiroga patenti olingan. Bu operatsiya vaqti hamda umumiy og‘riqsizlantirishga ketadigan sarf-xarajatni 2,5–3,0 barobarga kamaytirgan.

Olingan ilmiy natijalar RShTYoIM, Toshkent shahri va viloyat onkologiya dispanserlari, RShTYoIM Jizzax va Qashqadaryo filiallari hamda RShTYoIM barcha filiallarining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 11 sentyabrdagi 8n-d/49-son ma’lumotnomasi). Chuqur venalar tromboziga uchragan bemorlarni davolash samaradorligi ularning kasalxonada yotish muddatini 30% gacha qisqarishiga olib kelgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish