Nizamov Akmal Aslitdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyotini tarkibiy jihatdan takomillashtirish yo‘llari (Buxoro viloyati misolida)”, 08.00.12–Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt176.
Ilmiy rahbar: Qayumov Abduhakim Abduxamidovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Dsc.14/30.12.2019.I.84.01. 
Rasmiy opponentlar: Olimjonov Odiljon Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori; Ro‘ziev Oybek Abdumo‘minovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi  mintaqa iqtisodiyotini tarkibiy jihatdan takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa iqtisodiyotiga mul`tiplikativ ta’sir ko‘rsatadigan tarmoqlar hamda  zamonaviy to‘qimachilik va oziq–ovqat sanoatini ustuvor rivojlantirish asoslangan;
Buxoro viloyatining sanoati kam rivojlangan Vobkent, Peshko‘, Olot va Shofirkon tumanlarida qurilish materiallari va qishloq xo‘jalik xom-ashyolarini qayta ishlaydigan kichik sanoat korxonalarini tashkil etish va iste’mol tovarlari ishlab chiqarishning yuqori sur’atlarini ta’minlash taklif etilgan;
mintaqa iqtisodiyoti tarkibini mehnat va investisiya sig‘imi yuqori bo‘lgan sohalarni tanlab olish asosida takomillashtirish taklif qilingan;
Buxoro viloyati iqtisodiyot tarkibini mavjud mineral xom ashyo va turizm salohiyatidan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan 2030 yilgacha mo‘ljallangan ko‘p variantli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mintaqa iqtisodiyotini tarkibiy jihatdan takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqa iqtisodiyotida tarkibiy o‘zgarishlar samaradorligini baholash uslubi Buxoro viloyati iqtisodiyotida tarkibiy o‘zgarishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda qo‘llanilgan (Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 11 noyabrdagi 6-3-1/20-1354-son ma’lumotnomasi, Buxoro viloyati hokimligining 2019 yil 1 maydagi 2/2035-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida mehnat resurslarini asosiy fondlarga almashtirish normasi ko‘rsatkichiga muvofiq tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun investisiya kiritilishi yuqori samara beradigan tarmoqlar va sohalar aniqlangan;
mintaqaning istiqbolga mo‘ljallangan barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlariga hamda innovatsion iqtisodiyotga o‘tishdagi tarkibiy o‘zgarishlarga mavjud omillarning ta’siri asosida hududni mutanosib rivojlantirishning monitoring tizimi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2018 yil 16 avgustdagi 87-son buyrug‘iga muvofiq Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy, jumladan sanoatni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 11 noyabrdagi 6-3-1/20-1354-son ma’lumotnomasi, Buxoro viloyati hokimligining 2019 yil 1 maydagi 2/2035-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni amaliyotga joriy etish natijasida viloyatda tarkibiy o‘zgarishlar 2030 yilga qadar YaHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligining ulushi 20,0 foizga kamaytirilishi, sanoatning ulushi 35,8 foizgacha va xizmatlarning ulushi 44,2 foizga oshirilishi kutilmoqda;
Buxoro viloyatining ijtimiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi past bo‘lgan tumanlarda investisiya loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 maydagi 313-son «2017-2019 yillarda Buxoro viloyati Olot tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi, 2018 yil 30 oktyabrdagi 889-son «2018-2019 yillarda Buxoro viloyatining Peshko‘ tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi, 2018 yil 30 oktyabrdagi 891-son «2018-2019 yillarda Buxoro viloyatining Shofirkon tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi qarorlari loyihalarini tayyorlashda foydalanilgan (Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 11 noyabrdagi 6-3-1/20-1354-son ma’lumotnomasi, Buxoro viloyati hokimligining 2019 yil 1 maydagi 2/2035-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida ushbu hududlarda aholi jon boshiga sanoat mahsuloti ishlab chiqarishi 2044 ming so‘mdan 2280 so‘mgacha oshirilishi, 93 ta kichik biznes sub’ektlari tashkil etilishi, 20 xil turdagi yangi import o‘rnini bosuvchi mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarilishi, korxona va tashkilotlar tomonidan 110,0 mlrd. so‘mlik qo‘shimcha qiymat yaratilishi, 180,0 mlrd.so‘m mablag‘ davlat byudjetiga tushirilishi ta’minlangan;
Buxoro viloyati iqtisodiyot tarkibini takomillashtirishning ko‘p variantli prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2018 yil 16 avgustdagi 87-son buyrug‘iga muvofiq Buxoro viloyatini 2019-2030 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli orientirlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 11 noyabrdagi 6-3-1/20-1354-son ma’lumotnomasi, Buxoro viloyati hokimligining 2019 yil 1 maydagi 2/2035-son 2/2035-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida viloyatda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishning optimal prognoz varianti tanlab olinib, unga ko‘ra 2030 yilga qadar YaHM o‘sishi 9,0 foizga etkazilishi, import-eksport balansi 33,5 foizga oshishi, sof daromad 1,3 martaga oshishi va tarkibiy o‘zgarishlar natijasida “mutlaq progress” ko‘rinishdagi o‘sish sur’atlariga erishilishi belgilandi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish