Kuzieva Dinora Baxodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Auditorlik riskini baholash va minimallashtirish yo‘llari», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt580.
Ilmiy rahbar: Tuychiev Alisher Jo‘raevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Dusmuratov Radjapbay Davlatbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda auditorlik riskini baholash, minimallashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichki nazorat tizimi bosqichida biznes jarayonlar bo‘yicha aniqlanmaslik riskini minimal qiymati yuqori chegarasini tanlash riski va auditor xatosi riskiga ajratgan holda aniqlash uslubi ishlab chiqilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida samaradorlikni ta’sirchanlik va natijaviylik me’zonlarini aniqlash orqali ichki nazorat tizimini baholash ko‘rsatkichini optimallashtirish taklif etilgan;
auditorlik tekshiruvlari sifatini ta’minlashda moliyaviy hisobot auditi riskini dastlabki, miqdor, statistik va kompleks baholash ketma ketligi bosqichlarini ekspertiza ko‘rinishidagi algoritmi taklif etilgan;
aniqlanmaslik riskini baholashning konseptual yondashuvi asosida auditorlik riski va dalillar etarliligi o‘rtasidagi aloqadorlik modeli taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Auditorlik riskini baholash va minimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ichki nazorat tizimi bosqichida biznes jarayonlar bo‘yicha aniqlanmaslik riskini minimal qiymati yuqori chegarasini tanlash riski va auditor xatosi riskiga ajratgan holda aniqlash uslubi bo‘yicha taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ichki nazorat reja-grafigini ishlab chiqishda hamda tashkil etishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 11 martdagi NF-258/811-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ichki nazoratni tashkil etish bo‘yicha buxgalteriya hisobida xatolarni o‘z vaqtida aniqlash va tuzatish, biznes-jarayonlar yuzasidan risklarni o‘z vaqtida minimallashtirish, resurslardan oqilona va samarali foydalanish, aksiyadorlik jamiyati faoliyati samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida samaradorlikni ta’sirchanlik va natijaviylik me’zonlarini aniqlash orqali ichki nazorat tizimini baholash ko‘rsatkichini optimallashtirish bo‘yicha taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ichki nazorat tizimi samaradorligini baholash tizimini yo‘lga qo‘yishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 11-martdagi NF-258/811-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatlarida ichki nazorat tizimi samaradorligini ifodalovchi sifat va miqdor ko‘rsatkichlari qo‘llanilib, jamiyatning biznes rejasida belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish imkonini bergan hamda moliyaviy barqarorlik va rentabellik ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga xizmat qilgan;
auditorlik tekshiruvlari sifatini ta’minlashda moliyaviy hisobot auditi riskini dastlabki, miqdor, statistik va kompleks baholash ketma ketligi bosqichlarini ekspertiza ko‘rinishidagi algoritmi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Auditorlar Palatasi hamda O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy Assotsiatsiyasi tomonidan auditorlik tekshiruvlarini sifatli amalga oshirish yuzasidan uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Auditorlar Palatasining 2020 yil 15 yanvardagi 4-son hamda O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy Assotsiatsiyasining 2020 yil 18 fevraldagi 16-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida auditorlik tekshiruvlarida riskni dastlabki baholash, riskning miqdoriy xususiyatlarini baholash, statistik usullar orqali baholash va kompleks baholash bosqichlarini qo‘llash orqali, auditorlik riskini yaxlit va uzluksiz holda baholash imkoniyati yaratilgan;
aniqlanmaslik riskini baholashning konseptual yondashuvi asosida auditorlik riski va dalillar etarliligi o‘rtasidagi aloqadorlik modeli bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Auditorlar Palatasi hamda O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy Assotsiatsiyasi tomonidan auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish bo‘yicha uslubiy qoidalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Auditorlar Palatasining 2020 yil 15 yanvardagi 4-son hamda O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy Assotsiatsiyasining 2020 yil 18 fevraldagi 16-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi ishonchli auditorlik fikrini shakllantirish maqsadida auditorlik dalillarini etarli darajada kengaytirish va aniqlanmaslik riskini minimallashtirish imkonini bergan.