Tadjiev Timur Muratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat ishlab chiqarishni rivojlantirishning ekonometrik modellari”, 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Iqt1158.
Ilmiy rahbar: Abullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Otajanov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tekstil va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sanoatini rivojlantirishda ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida sanoatni rivojlantirish tumanlarning raqobatbardoshlik afzalliklari va qiyosiy ustunliklarni belgilovchi istiqbolli ishlab chiqarish sohalarini aniqlash asosida ishlab chiqilgan;
mintaqa sanoat ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish darajasini ko‘p omilli ekonometrik modellarini tuzish va ularni samaradorligini determinatsiya koeffisienti va statistik mezonlar yordamida baholash asosida takomillashtirilgan;
mintaqada kompleks sonli ekonometrik modellashtirish asosida sanoat mahsulotlarini qayta ishlashning ko‘p bosqichli tizimini yo‘lga qo‘yish hisobiga yetakchi tarmoqlarda qo‘shilgan qiymat zanjirini hosil qilish taklifi ishlab chiqilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sanoat tarmoqlari rivojlanishining kompleks sonli ekonometrik modellarini mintaqadagi ekologik, ijtimoiy- iqtisodiy vaziyatni e’tiborga olgan holda tuzish asosida 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sanoatini rivojlantirishni ekonometrik modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Koraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tumanlari kesimida sanoatni rivojlantirishning qiyosiy ustunliklarini belgilovchi mezonlar bo‘yicha tabaqalashtirilgan istiqbolli ishlab chiqarish sohalariga oid taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 27 noyabrdagi 03/1486-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Koraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tumanlarining sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi qiyosiy ustunliklari asosida istiqbolli sohalari aniqlanib, sanoatni rivojlantirishni manzilliligi va maqsadliligi darajasining oshishi hisobiga sanoat mahsulotlari hajmining 2019 yilda o‘tgan yilga nisbatan 7 foizga o‘sishiga xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sanoat ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish darajasini baholashning uslubiy yondashuvi ishlab chiqarish omillarining mintaqa sanoat salohiyatiga ta’sirini baholash asosida takomillashtirilganligi bo‘yicha taklifdan mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda orqada qolayotgan tumanlarni aniqlash va ularning ishlab chiqarish salohiyatini baholashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 27 noyabrdagi 03/1486-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida Qoraqalpog‘istonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda nisbatan orqada qolayotgan tumanlarni aniqlash hamda ularda sanoat ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida sanoat tarmoqlarida qo‘shilgan qiymat zanjirini hosil qilish borasidagi taklifdan kichik sanoat zonalari, o‘sish nuqtalari, erkin sanoat zonalarini tashkil qilishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 27 noyabrdagi 03/1486-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyotida 14,1 trln. so‘mlik yalpi hududiy mahsulot yaratilgan;
tuzilgan kompleks sonli ekonometrik modellar asosida Koraqalpog‘iston Respublikasida sanoat tarmoqlari rivojlanishining prognostik, optimizatsion bosqichlarini joriy etish bo‘yicha takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 27 noyabrdagi 03/1486-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida mintaqani o‘rta va uzoq muddatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda sanoatni barqaror rivojlantirish omillari va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish mo‘ljallarining aniqligi ortgan.