Sayt test rejimida ishlamoqda

Qo‘chqarov Muhiddin Umaralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Talabalarda mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini rivojlantirish nazariyasi va texnologiyasi (oliy matematika o‘quv fani misolida)», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Ped118.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik institutida. 
Ilmiy rahbar: Tojiev Mamarajab, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01. 
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Xusniddin Oltinboyevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Turdiboev  Dilshod Xamidovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy matematika fanini o‘qitish jarayonida talabalarda mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini rivojlantirish  nazariyasi   va texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy matematika fanini o‘qitishda talaba mustaqil ta’limini tashkil qilish bosqichlari (tayyorlov, asosiy, kreativ) akmeologik motivatsiyasi intensivligi barqarorligini ta’minlash orqali dars mashg‘ulotlari bo‘yicha “talabalar fikrini o‘rganish” hamda “o‘zaro tashrif” tizimini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
oliy matematika fanini kasbga yo‘naltirib o‘qitish jarayonlari zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ta’lim texnologiyalarining integratsiyasini ta’minlash, talabalarning mustaqil ta’lim olish faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan “t`yutorlik” tashkiliy-metodik yordam tizimini joriy etish orqali takomillashtirilgan;
oliy matematikadan talabalarning mustaqil ta’limini samarali tashkil qilishga doir o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalashtirishning tarkibiy asoslari (modellashtirish, bashoratlash, konstruksiyalash) masofaviy ta’lim xizmatlari, vebinar, onlayn, “blended learning”, “flipped classroom” texnologiyalarini tizimli qo‘llash asosida aniqlashtirilgan; 
oliy matematika fanidan talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish metodikasi  individual ta’lim traektoriyalariga asoslangan, talabalarda kreativ fikrlash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan interfaol ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Oliy matematika fanini o‘qitish jarayonida talabalarning mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha tadqiqot ishi natijalari asosida:
oliy matematika fanini o‘qitishda talaba mustaqil ta’limini tashkil qilish bosqichlari, oliy matematika fanini kasbga yo‘naltirib o‘qitish jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ta’lim texnologiyalarining integratsiyasini ta’minlash, talabalarning mustaqil ta’lim olish faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan “t`yutorlik” tashkiliy-metodik yordam tizimini joriy etishga doir takliflar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun yaratilgan “Oliy matematika” o‘quv qo‘llanmasining mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 30 maydagi 191-son bo‘yrug‘i, 191-021 raqamli guvohnoma). Natijada, oliy matematikani o‘qitish jarayonida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishning tashkiliy-me’yoriy asoslarini takomillashtirishga erishilgan;
oliy matematikadan talabalarning mustaqil ta’limini samarali tashkil qilishga doir o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalashtirishning tarkibiy asoslarini aniqlashtirish, masofaviy ta’lim xizmatlari, vebinar, onlayn, “blended learning”, “flipped classroom” texnologiyalarini tizimli qo‘llashga doir amaliy tavsiyalar 5610100 – Xizmatlar sohasi (avtomobil` transporti) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun yaratilgan “Oliy matematika (2-qism)” o‘quv qo‘llanmasining mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 martdagi 274-son bo‘yrug‘i, 274-037 raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarda kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning metodik tizimini qo‘llash samaradorligini oshirishga erishilgan;
oliy matematika fanidan talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish metodikasini takomillashtirish, individual ta’lim traektoriyalariga asoslangan, talabalarda kreativ fikrlash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan interfaol ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga doir taklif va tavsiyalardan OT-F8-208 raqamli “Ta’lim muassasalari o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ilg‘or tajribalarni joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari” (2007-2011 yy.) amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 23 avgustdagi 89-03-3169-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu taklif va tavsiyalar oliy matematika fanidan talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishning metodik ta’minoti samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish