Hakimov Hakimjon Abdulloo‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda makroiqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirishning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit, 08.00.02 – Makroiqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Iqt459.
Ilmiy rahbar: Eshov Mansur Pulatovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huridagi DSc.03/10.12.2019.I.16.01. raqamli ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kuzieva Nargiza Ramazonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Jaxongirov Ilimdorjon Jahongirjon o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda makroiqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirishning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
makroiqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish mexanizmi fiskal va monetar siyosatni yuritishning umumiy vositalari, usullari va institutsional tizimlari asosida takomillashtirilgan;
makroiqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirishni samarali tashkil etishda harakatlarning muayyan chegarasini belgilashga yo‘naltirilgan va bu bo‘yicha institutsional tuzilmalarga o‘zaro kommunikatsiya vazifasini bajaruvchi “byudjet qoidasi” va “monetar qoidalar” kabi moliyaviy mexanizmlar potensial va real o‘zgaruvchilarning farqidan foydalanish asosida takomillashtirilgan;
moliyaviy mexanizmning asosiy omili sifatida O‘zbekistonda davlat qarzining optimal darajasini ta’minlashga aloqador kelgusi makroiqtisodiy kutilmalar to‘g‘risida ma’lumot beruvchi qarz qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha “daromadlilik egri chizig‘i”ni shakllantirish amaliyotini takomillashtirish taklif etilgan;
makroiqtisodiy siyosatning muvofiqlik ko‘rsatkichlarini tahlil-prognozlash amaliyoti “machine learning”ning zamonaviy usullari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda makroiqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirishning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
makroiqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish mexanizmini fiskal va monetar siyosatni yuritishning umumiy vositalari, usullari va institutsional tizimlari asosida takomillashtirish orqali tegishli yo‘nalishlarda tezkor choralar ko‘rish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha berilgan takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4796-son Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuzilgan “2020-2025 yillarda statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2020 yil 16 dekabrdagi № 01/1-03-17/2-84-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi Milliy hisoblar tizimining To‘lov balansi, Davlat moliyasi statistikasi, Pul-kredit va moliya statistikasi bilan uyg‘unlashgan holda, o‘zaro hamkrolikda ishlash tizimini takomillashtirishga yordam bergan;
makroiqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirishni samarali tashkil etishda harakatlarning muayyan chegarasini belgilashga yo‘naltirilgan va bu bo‘yicha institutsional tuzilmalarga o‘zaro kommunikatsiya vazifasini bajaruvchi “byudjet qoidasi” va “monetar qoidalar” kabi moliyaviy mexanizmlarni potensial va real o‘zgaruvchilarning farqidan foydalanish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflaridan “Fiskal va monetar siyosatni muvofiqlashtirish” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 iyuldagi 89-03-2605-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot ishi natijalari “Fiskal va monetar siyosatni muvofiqlashtirish” fani bo‘yicha o‘quv va ishchi fan dasturlarini takomillashtirish va ta’lim berish sifatini oshirishga xizmat qilgan;
moliyaviy mexanizmning asosiy omili sifatida O‘zbekistonda davlat qarzining optimal darajasini ta’minlashga aloqador kelgusi makroiqtisodiy kutilmalar to‘g‘risida ma’lumot beruvchi qarz qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha “daromadlilik egri chizig‘i”ni shakllantirish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflaridan “Fiskal va monetar siyosatni muvofiqlashtirish” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 iyuldagi 89-03-2605-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot ishi natijalari “Fiskal va monetar siyosatni muvofiqlashtirish” fani bo‘yicha o‘quv va ishchi fan dasturlarini takomillashtirish va ta’lim berish sifatini oshirishga xizmat qilgan;
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish amaliyotini “machine learning”ning zamonaviy usullari asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4796-son Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuzilgan “2020-2025 yillarda statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2020 yil 16 dekabrdagi 01/1-03-17/2-84-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash, jamlash, sifatini yaxshilash va tahlil qilish tizimini takomillashtirishga yordam bergan.