Abdushukurov Baxtiyor Bo‘ronovichning

doktorlik dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qisasi Rabg‘uziy» leksikasi», 10.00.05–Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /filologiya fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/V 2014.5.Fil234.

Ilmiy maslahatchi: Dadaboev Hamidulla Aripovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti,14.07.2016.Fil.09.01.

Rasmiy opponentlar: Codiqov Qosimjon Pozilovich, filologiya fanlari doktori, professor; Nurieva Fanuza Shakurovna, Qozon federal universiteti professori, filologiya fanlari doktori; Husanov Nishonboy Abdusattorovich, filologiya fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: «Qisasi Rabg‘uziy» asarining o‘zbek adabiy tili shakllanishi va rivojlanishida tutgan o‘rnini aniqlash hamda qissada qo‘llanilgan so‘zlarning lingvostatistik, mavzuiy, tarixiy-etimologik va leksik-semantik jihatdan o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

«Qisasi Rabg‘uziy» asarining o‘zbek tili tarixiy taraqqiyoti va uning adabiy til sifatida shakllanishidagi o‘rni hamda lingvostatistikasi asoslangan;

tarixiy leksikologiyaning nazariy qoidalariga tayangan holda qissadagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, diniy, harbiy, madaniy, maishiy, jug‘rofiy, diplomatik hamda kasb-hunarga oid leksik birliklarning qo‘llanish doirasi dalillab berilgan;

«Qisasi Rabg‘uziy» so‘z boyligining semantik xususiyatlari va asar matnida qo‘llanilgan leksik birliklarning genezisi isbotlangan;

asar tilining o‘ziga xos xarakterli jihatlari va qadimgi turkiy hamda eski o‘zbek adabiy tili bilan uzviy bog‘liqligi aniqlangan;

qissa lug‘at fondida qo‘llanilgan so‘zlar o‘rtasidagi shakl va ma’no munosabatlari hamda o‘zbek tilining XIV asrdagi lug‘at boyligi, badiiy imkoniyatlari asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

«Qisasi Rabg‘uziy» asari leksikasi tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:

ma’naviyatning ma’no-mazmuni, inson va jamiyat hayotidagi ahamiyati, milliy merosni tiklash, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish bilan bog‘liq masalalar aks etgan «Ma’naviyat asosiy tushunchalar izohli lug‘ati»da (Akademiya, 2010) yigirmadan ortiq ilmiy tushuncha hamda atamalar izohlab berilgan. O‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlikni ta’minlovchi tilning nazariy masalalari haqidagi xulosalar A, D, J, I, M, R, Sh, O‘ harflariga oid lug‘at maqolalarda o‘z ifodasini topgan. Lug‘atdan ma’naviyatga doir asosiy tushuncha va atamalar mohiyatini, tilning kommunikativ sifatlarini, tarixiy taraqqiyot davomida takomillashib borish jarayonini tahlil qilishda foydalanilgan;

«Qisasi Rabg‘uziy» asarining 1904 (hijriy 1323) yilda Samarqandda ko‘chirilgan arab yozuvidagi qo‘lyozma nusxasi hozirgi o‘zbek adabiy tiliga tabdil qilinib, izohlar bilan taqdim etilgan (Qisasi Rabg‘uziy, Mumtoz so‘z, 2009). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi tilning tarixiy va zamonaviy holatini aniq baholash, shuningdek yoshlarning ajdodlar ma’naviy merosini o‘rganish hamda undan bahramand bo‘lish imkonini berdi;

«Qisasi Rabg‘uziy» asarining mavjud qo‘lyozmalari va ularning nashri, badiiy-g‘oyaviy hamda til xususiyatlari bilan bog‘liq qarashlardan F.1-02 «Adabiyotshunoslikning fundamental tarixi» (2012-2016) nomli ilmiy loyihada XIII-XIV asrlar adabiyotshunosligi manbalarining poetik jihatlarini yoritishda; «Qisasi Rabg‘uziy» asari leksikasini ilmiy tasniflash bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqot natijalaridan F.1-136 «O‘rta asrlarda yaratilgan turkiy hujjatlarning o‘zbek davlatchiligi tarixidagi o‘rni» (2012-2016) nomli ilmiy loyihada o‘rta asrlardagi turkiy hujjtlarda qo‘llangan so‘zlarning tarixiy taraqqiyotini ochib berishda foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2015 yil 2 dekabrdagi FTK-02-13/776-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi XIII-XIV asrlarda Markaziy Osiyodagi til vaziyati, turkiy, xususan, eski turkiy adabiy til va eski o‘zbek tilining shakllanish hamda rivojlanish xususiyatlarini aniqlash imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish