Xamidullaev Toxir Xamidulla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ekologo-geografik uzoq duragaylash asosida g‘o‘za seleksiyasi uchun boshlang‘ich ashyo yaratish”, 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Qx113.
Ilmiy rahbar: Namazov Shadman Ergashovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/30.12.2019.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Mamaraximov Bunyod Ikramovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Rashidova Dilbar Karimovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi g‘o‘zaning genetik jihatdan farqlanuvchi ekologik uzoq va turlararo duragaylarida ayrim qimmatli xo‘jalik belgilarning irsiylanishi, o‘zgaruvchanligi va shakllanishini o‘rganish asosida amaliy seleksiya jarayoni uchun genetik jihatdan boyitilgan boshlang‘ich ashyolarni yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba yangi genetik asosga ega bo‘lgan AQSh g‘o‘za namunalari hamda G.hirsutum L. va G.barbadense L. turlariga mansub mahalliy navlar ishtirokida yaratilgan ekologo-geografik va genetik uzoq hamda turlararo duragaylarida asosiy xo‘jalik uchun qimmatli belgilarning irsiylanishi va o‘zgaruvchanligi aniqlangan;
duragaylashda ishtirok etgan boshlang‘ich ashyolarning genotipiga bog‘liq ravishda F1 duragaylarida o‘rganilgan xo‘jalik uchun qimmatli belgilarning salbiy va ijobiy oraliq, geterozis va to‘liq dominant tarzda irsiylanishi aniqlangan;
ekologo-geografik va genetik uzoq hamda turlararo duragaylashlarda qimmatli xo‘jalik belgilarning yaxshilanishi ota-ona genotipiga hamda qo‘llanilgan usullarga bog‘liq ravishda shakllanishi isbotlangan;
ekologo-geografik va genetik uzoq hamda turlararo duragaylash usullarini qo‘llash orqali tezpishar, viltga bardoshli, tolasining sifat ko‘rsatkichlari nisbatan yuqori bo‘lgan seleksion ashyolarni yaratish mumkinligi aniqlangan;
g‘o‘za seleksiyasida ekologo-geografik va genetik uzoq hamda turlararo duragaylash orqali xo‘jalik uchun qimmatli belgilar o‘rtasida namoyon bo‘ladigan ayrim salbiy korrelyativ bog‘liqliklarni bartaraf etish hamda ularning yuqori ijobiy majmuasiga ega ashyolar ajratib olish mumkinligi tasdiqlangan;
ishlab chiqarish talablariga mos bo‘lgan yangi “Raqobat” g‘o‘za navi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘rta tolali g‘o‘za navlari seleksiyasida ekologo-geografik va genetik uzoq hamda turlararo duragaylashning samaradorligi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ekologo-geografik va genetik uzoq hamda turlararo duragaylash usullarini qo‘llash orqali andoza S-6524 naviga nisbatan vertisillyoz vilt (V.dahliae Kleb.) ga bardoshli, bir dona ko‘sakdagi paxta vazni, 1000 dona chigit vazni va tola chiqimi yuqori bo‘lgan T-240/41 va T-391/92 yangi g‘o‘za tizmalari Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot institutining ekologo-geografik va genetik uzoq hamda turlararo duragaylash dasturiga kiritilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 28 dekabrdagi 02/020-4510-son ma’lumotnomasi). Natijada qimmatli xo‘jalik belgilari majmuiga ega bo‘lgan yangi tizmalar seleksiya jarayonlarida boshlang‘ich ashyo sifatida foydalanmoqda;
g‘o‘zaning ishlab-chiqarish talablariga mos, vertisillyoz vilt kasalligiga bardoshli, tezpishar, hosildorligi, tola chiqimi va texnologik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan yangi «Raqobat» navi yaratilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 28 dekabrdagi 02/020-4510-son ma’lumotnomasi). Natijada kasalliklar va zararkunandalarga bardoshli yangi g‘o‘za navini Respublika elita xo‘jaliklarida birlamchi urug‘chiligi yo‘lga qo‘yilgan;
ishlab-chiqarish sharoitida olib borilgan tadqiqotlar asosida yaratilgan yangi “Raqobat” g‘o‘za navi Toshkent viloyati Piskent va Bo‘ka tumanida 5,4 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 28 dekabrdagi 02/020-4510-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu navni etishtirish orqali andoza navga nisbatan 2,5-4,0% yuqori tola chiqimi olingan, umumiy paxta hosildorligi 4,2-6,7 s/ga yuqori bo‘lgan, rentabellik darajasi 27,5-32,0 foizga oshishiga erishilgan.