Abduzuxurov Jamshidjon Tolibovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Topinamburning qimmatli belgi-xususiyatlari bo‘yicha baholash va tanlash», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Qx505.
Ilmiy rahbar: Elmurodov Abdug‘ani Aktamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/30.12.2019.Qx.13.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: topinamburning “E’tirof” navi (NAR 00240, 2019 yil 11-sonli “Rasmiy axborotnoma”). O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2020 yil 6 maydagi 01-11/736-son xulosasi.
II. Tadqiqotning maqsadi: Zarafshon vodiysi sharoitida topinamburning qimmatli belgi-xususiyatlari bo‘yicha oziq-ovqatga va qayta ishlashga yaroqli navlarini tanlash va yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
topinamburning nav va namunalarini morfobiologik va qimmatli xo‘jalik belgilari aniqlangan va olingan natijalari tahlili asosida ma’lumotlar bazasi yaratilgan;
topinamburning boshlang‘ich manbalari yaratilgan va olingan ashyolar seleksiya jarayonlariga tadbiq etilgan;
topinamburning urug‘chilik ishlari takomillashtirilgan va uning samarali sxemasi ishlab chiqilgan;
topinamburni etishtirishning ilmiy asoslangan agrotexnik tadbirlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Topinamburning qimmatli belgi-xususiyatlari bo‘yicha baholash va tanlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida: 
topinamburning yangi mahalliy sharoitlarga mos, oziq-ovqat yo‘nalishidagi “E’tirof” navi yaratilgan va 2020 yildan ekish uchun Davlat reestriga kiritilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 2 iyuldagi 02/027-2008-son ma’lumotnomasi). Natijada navning tuganak hosilida inulin miqdori andoza navlarga nisbatan 1-1,5 foiz yuqori bo‘lishiga erishilgan;
mahalliy sharoitda yaratilgan topinamburning “E’tirof” navini birlamchi va elita urug‘chiligini tashkil etish va etishtirish agrotexnikasi bo‘yicha tavsiyanomalar tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 2 iyuldagi 02/027-2008-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida “E’tirof” navi ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari va tomorqa er egalari ekin maydonlarida keng qamrovli ekilishiga erishilgan;
topinamburning yaratilgan «E’tirof» navi 2012-2020 yillar davomida Samarqand viloyatining Bulung‘ur, Oqdaryo va Pastdarg‘om tumanlari fermer xo‘jaliklarida jami 159 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 2 iyuldagi 02/027-2008-son ma’lumotnomasi). Natijada gektaridan o‘rtacha 402 sentnergacha tuganak hosili olishga erishilgan va rentabellik darajasi 71,2 foizni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish