Elov Ziyodullo Sattorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ichki ishlar xodimlarida suisidal xulq motivatsiyasi namoyon etilishining ijtimoiy-psixologik mexanizmlari”,19.00.05– Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Psi46.
Ilmiy rahbar: Barotov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxorodavlatuniversiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Dushanov Rustam Xo‘janovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchitashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ichki ishlar xodimlarida suisidal xulq motivatsiyasi namoyon etilishining ilmiy-amaliy va ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini aniqlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichki ishlar xodimlari orasida o‘z joniga qasd qilishga moyillik shakllanishining motivatsion, kognitiv va xulq-atvor komponentlari aniqlangan;
ichki ishlar xodimlaridagi suisidal holatlarni tadqiq qilishning metodik apparatini takomillashtirish orqali suisid motivatsiyasi shakllanishiga bevosita ta’sir qiluvchi omillar tizimi (shaxsiy-oilaviy, jismoniy-ruhiy, kasbiy-jamoaviy) ochib berilgan;
ichki ishlar xodimlarida depressiya darajalari (engil ruhiy tushkunlik, o‘rta depressiya, og‘ir ruhiy tushkunlik) va psixologik himoya mexanizmlari (inkor etish, siqib chiqarish, regressiya, kompensatsiya, proeksiya, reaktiv tuzilma) o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik ko‘rsatkichlari asoslab berilgan;
ichki ishlar xodimlari orasida suisidal holatlarni korreksiyalashga qaratilgan “o‘zini-o‘zi anglash”, o‘z xulqini o‘zgartirish, “guruhiy birdamlikka erishish” “o‘zini-o‘zi adekvat nazorat qilish” kabi trening dasturlari ishlab chiqilgan va uning ijtimoiy-psixologik mexanizm sifatidagi samaradorligi baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ichki ishlar organlari xodimlari orasida suisidal xulq shakllanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ichki ishlar xodimlari orasida o‘z joniga qasd qilishga moyillik shakllanishining motivatsion, kognitiv va xulq-atvor komponentlarini aniqlashga doir tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining amaliy faoliyatida joriy qilingan hamda Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 8-son buyrug‘iga asosan ”Ijtimoiy psixologiya” o‘quv dasturiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2020 yil 10 fevraldagi 2/243-son hamda Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 5 avgustdagi P-M-8g-son ma’lumotnomalari). Natijada, ta’lim sohasi uchun tayyorlanadigan psixologlarning kasbiy ahamiyatli tayanch kompetensiyalarni shakllantirish hamda kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish sohasida sifat jihatdan o‘sishga erishilgan;
ichki ishlar xodimlaridagi suisidal holatlarni tadqiq qilishning metodik apparatini takomillashtirish orqali suisid motivatsiyasi shakllanishiga bevosita ta’sir qiluvchi omillar tizimi (shaxsiy-oilaviy, jismoniy-ruhiy, kasbiy-jamoaviy) aniqlanganligi va empirik tahlillar yordamida asoslashga doir tavsiyalar Respublikama’naviyat va ma’rifat markazining amaliy faoliyatida joriy qilingan hamda Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 8-son buyrug‘iga asosan ”Umumiy psixodiagnostika” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 3 martdagi 02/07-327-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lg‘usi psixologlarni o‘qitishning ilmiy-uslubiy ta’minotini takkomillashtirishga erishilgan;
ichki ishlar xodimlarida depressiya darajalari (engil ruhiy tushkunlik, o‘rta depressiya, og‘ir ruhiy tushkunlik) va psixologik himoya mexanizmlari (inkor etish, siqib chiqarish, regressiya, kompensatsiya, proeksiya, reaktiv tuzilma) o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik ko‘rsatkichlarining ilmiy va empirik jihatdan asoslab berilganligi bilan bog‘liq ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining va Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining amaliy faoliyatida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2020 yil 10 fevraldagi 2/243-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 3 martdagi 02/07-327-son ma’lumotnomasi). Natijada, ichki ishlar organlari tizimidagi suisidal holatlar profilaktikasining ijtimoiy-psixologik prinsiplari kuchaytirilgan;
ichki ishlar xodimlari orasida suisidal holatlarni korreksiyalashga qaratilgan “o‘zini-o‘zi anglash”, o‘z xulqini o‘zgartirish, “guruhiy birdamlikka erishish” “o‘zini-o‘zi adekvat nazorat qilish” kabi trening dasturlari Respublika Ichki ishlar vazirligi faoliyatida joriy qilingan hamda Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 8-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologik trening” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2020 yil 10 fevraldagi 2/243-son va Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 5 avgustdagi P-M-8g-son ma’lumotnomalari). Natijada, bo‘lg‘usi psixologlarda shaxs bilan bog‘liq suisidal holatlarning oldini olishga qaratilgan psixokorreksion ishlar samaradorligiga erishilgan.