Mirzakulov Akmal Gafurjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘tkir jigar etishmovchiligini davolashda o‘stirilgan gepatotsitlarni transplantatsiyasini qo‘llash patogenezi va imkoniyatlarini o‘rganish”, 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib596.
Ilmiy raxbar: Xadjibaev Farxod Abduxakimovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika Shoshilinch Tibbiy Yordam Ilmiy Markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Aripova Nazira O‘ktamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamalov Zaynitdin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: immunopatogenezni o‘rganish va tajribada o‘tkir jigar etishmovchiligini davolashda o‘stirilgan embrional gepatotsitlarini transplantatsiyasi bo‘yicha kompleks terapiyani ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: kompleks tadqiqotlar natijalariga ko‘ra tajribada allogenik va ksenogenik o‘stirilgan embrional gepatotsitlardan jigarning o‘tkir etishmovchiligini davolashda foydalanish samaradorligi isbotlangan;
tajribada turli xil kelib chiqadigan o‘tkir jigar etishmovchiligining rivojlanishida immunopatogenez mexanizmlari, immun, biokimyoviy va morfologik jarayonlarning buzilishlarini shakllantirish va namoyon bo‘lishi ko‘rsatilgan; 
ilk marotaba o‘stirilgan embrional gepatotsitlarini o‘tkir jigar etishmovchiligi bo‘lgan hayvonlarga transplantatsiya paytida neytrofillarning fagotsitik faolligi va antitanachalarni ishlab chiqarish jarayonining sezilarli darajada ko‘payishi, sirkulyar immunitet komplekslari va yallig‘lanish sitokinlar darajasining pasayishi aniqlangan;
ilk marotaba o‘tkir jigar etishmovchiligi bo‘lgan hayvonlarda o‘stirilgan embrional gepatotsitlari va Erbisolni birgalikda qo‘llashning aniq detoksikatsiyasi va immunokorrektiv ta’siri aniqlangan;
ilk marotaba o‘tkir jigar etishmovchiligi bo‘lgan hayvonlarning holatini tajribada, davolash chora-tadbirlar ta’siriga qarab, bashorat qilishni hisoblash uchun kompyuter dasturi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘tkir jigar etishmovchiligini davolashda o‘stirilgan gepatotsitlarni transplantatsiyasini qo‘llash patogenezi va imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
"Embrional gepatotsitlarini olish usuli" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 8 oktyabrdagi 8n-d/163-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yuqori sifatli embrional gepatotsitlarini olish imkonini bergan;
"Og‘irligiga qarab o‘tkir jigar etishmovchiligini modellashtirish usuli", nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 8 oktyabrdagi 8n-d/163-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma tadqiqotda o‘tkir jigar etishmovchiligini o‘stirilgan embrional gepatotsitlar yordamida davolash prognozini bashorat qilish imkonini bergan;
jigar etishmovchiligini davolashda o‘stirilgan gepatotsitlarni transplantatsiyasini qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasining ilmiy-tadqiqot laboratoriyasining biologik va immunologik, farmako-toksikologik tadqiqotlar bo‘limlari, Gematologiya va qon quyish ilmiy tadqiqot instituti molekulyar tibbiyot va hujayra texnologiyalari kafedrasi amaliyoti va faoliyatiga kiritildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 8 oktyabrdagi 8n-d/163-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi qisqa vaqt ichida tajribada o‘tkir jigar etishmovchiligining yaratishga va uning og‘irligiga, ta’sir omiliga va davolashning turli usullariga, shu jumladan embrional gepatotsitlarining transplantatsiyasidan foydalanishga qarab natijalarini bashorat qilishga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish