Gulomov Furkat Kayyumovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mirizzi sindromini tashxislash va xirurgik davolash taktikasini takomillashtirish”, 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib 594.
Ilmiy raxbar: Xadjibaev Farxod Abduxakimovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Kamal Saidakbarovich, tibbiyot fanlari doktori; Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori darajada ma’lumot beruvchi tashxislash usullarini qo‘llash va ushbu patologiyani davolashning yangi laparoskopik usulini ishlab chiqish yo‘li bilan Mirizzi sindromi bilan xastalangan bemorlarni tashxislash va davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yirik klinik materialda ilk marotaba Mirizzi sindromini tashxislashning an’anaviy va zamonaviy usullari natijalarining sezuvchanligi, o‘ziga xosligi va samaradorligini baholangan;
ilk marotaba shoshilinch tibbiy yordam tizimida klinik amaliyotga xolesistobiliar oqma bilan asoratlangan Mirizzi sindromini laparoskopik davolashning yangi usuli ishlab chiqilgan;
xolesistobiliar oqma bilan asoratlangan Mirizzi sindromi bilan xastalngan bemorlarda o‘tni tashqi tamonlama haydash uchun klinik amaliyotga teri orqali jigar orqali xolangiostomiya (TOJOXG) usuli tavsiya etilgan;
Mirizzi sindromining turli tiplari bilan xastalangan bemorlarni davolash taktikasi yangi davolash-tashxislash algoritmini ishlab chiqish yo‘li bilan yanada takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mirrizzi sindromi turli tiplari bilan xastalangan bemorlarni tashxislash va davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«XBO bilan MS kasalligini davolashning yangi laparoskopik usuli»ga Intellektual mulk agentligining ixtiro uchun patenti olingan (25.03.2019 yil №IAP 20190005). Natijada xolesistobiliar oqma yarali MS bilan xastalangan bemorlarda taklif etilgan usulning qo‘llanilishi davolash natijalarini yaxshilash, operatsiyadan keyingi asoratlar sonini qisqartirish imkonini bergan;
«Mirizzi sindromining II tipida davolash-tashxislash algoritmi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan. Mazkur uslubiy tavsiyanoma Mirizzi sindromining bilan xastalangan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilash, operatsiyadan keyingi asoratlarni sonini qisqartirish imkoni yaratilgan;
Mirizzi sindromini tashxislash va xirurgik davolash taktikasini takomillashtirish borasidagi olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining reanimatsiya bo‘limi va markazning filiallari faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n-d/155-son ma’lumotnomasi). Olingan antijalarning amaliyotga joriy qilinishi MS turli tiplarida operatsiyadan keyingi asoratlarni ishonchli ravishda 20,4% dan 10,5% ga, o‘lim bilan yakun topuvchi holatlarni 5,8% dan 1,8% ga va bemorlarni statsionar davolanish davrini 18,4±1,3 dan 10,3±0,9 kungacha qisqartirish imkonini bergan.