Xudayberdiev Oribjon Raximberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sirpanish podshipniklarini kukun metallurgiyasi usulida olishning resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Radioaktiv, kamyob va nodir elementlar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1131.
Ilmiy rahbar: Norxudjaev Fayzulla Ramazanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Maxmudjon Maxamadjonovich, texnika fanlari doktori, professor; Qarshiev Mamarayim Sanaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: «Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati» AJda ishlab chiqarilgan temir kukuni asosli va ishlab chiqarish chiqindisi hisoblangan pirit qo‘shimchasidan iborat g‘ovakli antifriksion metallokeramik qotishma olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shixtasiga pirit qo‘shimchasi qo‘shilgan temir kukuni asosli g‘ovakli antifriksion qotishmaning cho‘zilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasiga texnologik parametrlar, presslash bosimi va qizdirib pishirish haroratining ta’sirlari aniqlangan;
shixtasiga pirit qo‘shimchasi qo‘shilgan temir kukuni asosli g‘ovakli antifriksion qotishmaning struktura-fazalar tarkibi ishlab chiqilgan;
shixtasiga pirit qo‘shimchasi qo‘shilgan temir kukuni asosli g‘ovakli antifriksion qotishmaning optimal tarkibi (97% temir kukuni, 2% grafit elementi va 1% pirit) ishlab chiqilgan;
shixtasiga pirit qo‘shimchasi qo‘shilgan temir kukuni asosli g‘ovakli antifriksion qotishmadagi pirit miqdorining mexanik xossasi, g‘ovaklik va moyni shimdirishga ta’sirlari asoslangan;
«Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati» AJda ishlab chiqarilgan temir kukuni asosli va ishlab chiqarish chiqindisi hisoblangan pirit qo‘shimchasidan iborat g‘ovakli antifriksion metallokeramik qotishmani olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shixtasiga pirit qo‘shimchasi qo‘shilgan temir kukuni asosli g‘ovakli antifriksion qotishma texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
shixtasiga pirit qo‘shimchasi qo‘shilgan temir kukuni asosli g‘ovakli antifriksion qotishmani olish bo‘yicha ishlab chiqilgan (shixtadagi pirit miqdori 1%) texnologiya «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ qoshidagi «Noyob metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish IIChB»da amaliyotga joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2020 yil 2 iyuldagi AA005125-son ma’lumotnomasi). Natijada, qotishmaning eyilishga chidamliligini 1,5–2 baravarga oshirish imkonini bergan;
presslash bosimi 600 MPa va qizdirib pishirish harorati 11000S bo‘lgan holatda mustahkamlik bo‘yicha cho‘zilishga bo‘lgan mustahkamlik 15–20% ga oshirish texnologiyasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ qoshidagi «Noyob metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish IIChB»da amaliyotga joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2020 yil yil 2 iyuldagi AA005125-son ma’lumotnomasi). Natijada, qotishmaning cho‘zilishga bo‘lgan mustahkamligini 15–25%ga oshirish imkonini bergan;
shixtasiga pirit qo‘shimchasi qo‘shilgan temir kukuni asosli g‘ovakli antifriksion qotishmaning ishlab chiqarish bo‘yicha texnik reglamenti «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ qoshidagi «Noyob metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish IIChB»da amaliyotga joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2020 yil yil 2 iyuldagi AA005125-son ma’lumotnomasi). Natijada, standart jihozlarning unumdorligini 30–40 % gacha oshirish imkonini bergan.