Raxmonov Lochin To‘xtamishovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning iqtisodiy o‘sishga ta’siri», 08.00.16 – Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya; 08.00.02 – Makroiqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt631. 
Ilmiy rahbar: Mustafakulov Sherzod Igamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, DSc.19/30.12.2019.I.88.01 raqamli ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Xashimova Naima Abitovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyotning milliy iqtisodiy o‘sishiga ta’sirini aniqlagan holda uning istiqbolli yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiyot sektorlariga raqamli texnologiyalarni tatbiq etishning ko‘lami va ularning zanjirli ta’sirlari natijasida shakllanuvchi “raqamli dividend”lar asoslangan;
milliy iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish shart-sharoitlari darajasi turkumlashtirilgan holda har bir darajaga tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishning «quyidan-yuqoriga» yo‘naltirilgan izchilligi asoslangan; 
raqamli iqtisodiyotni rivojlanish darajasini baholash bo‘yicha Inson taraqqiyoti indeksi va xalqaro reyting hisoblash metodikasida milliy iqtisodiyotning rivojlanishi va istiqboliga oid xususiyatlarni e’tiborga olgan holda milliy raqamli iqtisodiyotning rivojlanish indeksi (RIRI) ishlab chiqilgan;
raqamlashtirish jarayonlarining jadal sur’atlarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan raqamli iqtisodiyot rivojlanishining ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida mamlakat yalpi ichki mahsulotiga ta’siri aniqlangan hamda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning mamlakat iqtisodiy o‘sishiga ta’sirini aniqlash, uning asosiy va istiqbolli yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida: 
makroiqtisodiyot sektorlariga zamonaviy raqamli texnologiyalarni tatbiq etishning ko‘lami hamda ularning zanjirli ta’sirlarini inobatga olgan holda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha takliflar «Raqamli O‘zbekiston – 2030» milliy Konsepsiyasini tayyorlashda, shuningdek sohani rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020 yil 4 sentyabrdagi 02/08-3313-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga tegishli aniqliklar kiritilgan;
mamlakat taraqqiyoti darajasidan kelib chiqqan holda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish shart-sharoitlari turli darajalarga turkumlanib, har bir darajaga tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishning «quyidan-yuqoriga» yo‘naltirilgan izchilligidan foydalanish taklifi «Raqamli O‘zbekiston – 2030» milliy Konsepsiyasini tayyorlashda, shuningdek sohani rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020 yil 4 sentyabrdagi 02/08-3313-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida mamlakatda bosqichma-bosqich raqamli iqtisodiyotga o‘tish yo‘llari takomillashtirilgan;
raqamli iqtisodiyotni rivojlanish darajasini baholash bo‘yicha xalqaro reyting hisoblash metodikasiga asoslangan holda ishlab chiqilgan mamlakatda raqamli iqtisodiyotning rivojlanish indeksi (RIRI)ni qo‘llash taklifi «Raqamli O‘zbekiston – 2030» milliy Konsepsiyasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020 yil 4 sentyabrdagi 02/08-3313-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida mamlakat raqamli iqtisodiyotini rivojlanish darajasini baholash imkoniyati yaratilgan;
O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirining ko‘p omilli ekonometrik modeli natijalaridan «Raqamli O‘zbekiston – 2030» milliy Konsepsiyasini tayyorlashda, shuningdek sohani rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020 yil 4 sentyabrdagi 02/08-3313-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning yalpi ichki mahsulotga ta’siri aniqlangan  hamda yuqori ta’sir etuvchi sohalar belgilab berilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish