Movlanov Jaxongir Jo‘rabekovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tiyon-Shon metallogenik provinsiyalarida oltin ma’dani hosil qiluvchi tizimlarning geologik-geokimyoviy modellari», 04.00.02 – Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/GM46.
Ilmiy maslahatchi: Isoqov Maqsud Uzoqovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mineral resurslar instituti DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mineral resurslar instituti DM, DSc.24/30.12.2019.GM.40.01.
Rasmiy opponentlar: Karabaev Mamatxon Sadirovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Mirkamalov Rustam Xamzaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Sadikova Lola Renatovna, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jahon tajribasidan foydalangan holda Tiyon-Shon orogenik kamari mintaqaviy ma’danli ob’ektlarining geologik va geokimyoviy modellarini ishlab chiqish va ularning ma’dan salohiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tiyon-Shon orogen kamarining O‘zbekiston Respublikasi hududida ma’dan hosil qiluvchi tizimlarining geokimyoviy xususiyatlarini namoyon qilish orqali ifoda etilgan ma’dan konsentratsiyasining shakllanishiga nisbatan geodinamik muhitning geokimyoviy ixtisoslashuvi va potensial istiqbollari aniqlangan;
landshaft-geokimyoviy rayonlashtirishni hisobga olgan holda, quyi qatlamlarda geokimyoviy izlanishlarning ilmiy-uslubiy asoslari takomillashtirilgan;
kompleks ma’danlashuvi joylashish va shakllanish omillarining miqdoriy qiymatlari aniqlangan;
tog‘ jinslari va qo‘yi cho‘kindilar uchun geokimyoviy anomaliyalar tasnifi ishlab chiqilgan;
tadqiqot hududining mintaqaviy ma’danli ob’ektlarini shakllanishida geokimyoviy belgilar – to‘g‘ridan-to‘g‘ri va geodinamik, strukturaviy-tektonik, litologik belgilar – bilvosita ekanligi aniqlangan;
Tiyon-Shon orogen kamarining O‘zbekiston Respublikasi hududining ma’dan salohiyatini geologik-geokimyoviy modellari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi Tiyon-Shon orogenik kamarining geokimyoviy tadqiqotlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
elektron xaritalar (mono-, polielement geokimyoviy, landshaft, geokimyoviy bashorat) “Qizilqumgeologiya” AJning geologiya-qidiruv ishlari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2020 yil 9 dekabrdagi 02/15-son ma’lumotnomasi). Natijada, Markaziy Qizilqum mintaqasi uchun yangi geokimyoviy ma’lumotlarni olish imkonini bergan;
mineral xomashyo salohiyatini baholash bilan oltin uchun istiqbolli maydonlar “Qizilqumgeologiya” AJning qidiruv va baholash amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2020 yil 9 dekabrdagi 02/15-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompleks ma’danlashuvning shakllanish va joylashish tartibini o‘rnatish imkonini bergan;
qidiruv ishlarining keyingi yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar “Qizilqumgeologiya” AJda izlash-qidiruv va tematik ishlar amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2020 yil 9 dekabrdagi 02/15-son ma’lumotnomasi). Natijada, geologiya-qidiruv ishlarining keyingi bosqichlarini aniqlash imkonini bergan;
geologik tuzilmalarning geokimyoviy ixtisoslashuvini aniqlash natijalari “Samarqandgeologiya” AJda qidiruv ishlari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2020 yil 9 dekabrdagi 02/15-son ma’lumotnomasi). Natijada, bashoratlash va qidirish uchun geokimyoviy va tarkibiy mezonlar ishlab chiqish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish