Najimova Aysulu Maxmudovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Qishloq xo‘jaligi korxonalarining elektr energiya iste’molini bashorat qilish (paxta-to‘qimachilik klasteri misolida)”, 05.05.07 – Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1744.
Ilmiy rahbar: Raxmonov Ikromjon Usmonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.03/30.12.2019.T.10.01.
Rasmiy opponentlar: Muzaffarov Shavkat Mansurovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Shavazov Abdulatif Achilovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligi korxonalarida elektr energiya iste’molini prognoz qilish aniqligini oshirish imkonini beruvchi usulni unga ta’sir etuvchi faktorlarni hisobga olib takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
qishloq xo‘jaligi korxonalari elektr texnologik kurilmalarining energetik ko‘rsatkichlarini hisoblash usuli uskunalarning iste’mol quvvatiga ta’sir etuvchi omillarning natijaviy qiymatlarini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jaligi korxonalarida elektr energiya iste’molining prognoz ko‘rsatkichiga ta’sir etuvchi asosiy va yordamchi faktorlarni aniqlash usuli paxta xom-ashyosining navi va namlik darajasini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
paxta-to‘qimachilik korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulot xajmini  optimal rejalashtirish asosida elektr energiya sarfini minimalligini ta’minlash masalasining matematik modeli va algoritmi ishlab chiqilgan;
ko‘p faktorli tahlil asosida qishloq xo‘jaligi korxonalari elektr energiya iste’molini prognoz qilish aniqligini oshirish imkonini beruvchi usul va algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida, xususan paxta-to‘qimachilik klasteri qorxonalari elektr texnologik qurilmalarining energetik ko‘rsatkichlarini hisoblash va elektr energiya iste’molini prognoz qilish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxta-to‘qimachilik klasteri korxonalari elektr texnologik qurilmalarining energetik ko‘rsatkichlarini hisoblash usuli “WBM ROMITEX” MChJ paxta-to‘qimachilik klasteri korxonasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2020 yil 17 sentyabrdagi 11/05-27-81-8173-son ma’lumotnomasi). Natijada, energetik ko‘rsatkichlarni hisoblashning aniqligini oshirish imkoni yaratilgan;
elektr energiya iste’molini prognoz qilish usuli va algoritmi “WBM ROMITEX” MChJ paxta-to‘qimachilik klasteri korxonasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2020 yil 17 sentyabrdagi 11/05-27-81-8173-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxonada elektr energiya iste’molining prognoz qilishdagi xatolikni 5% gacha kamaytirish imkoni yaratilgan;
qishloq xo‘jaligi korxonalarida elektr energiya iste’molini prognoz qilishda prognoz ko‘rsatkichiga ta’sir etuvchi asosiy va yordamchi faktorlarni aniqlash usuli “WBM ROMITEX” MChJ paxta-to‘qimachilik klasteri korxonasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2020 yil 17 sentyabrdagi 11/05-27-81-8173-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektr energiyaning prognoz ko‘rsatkichini aniqlash aniqligini oshirish va elektr energiya sarfini bir sutka uchun o‘rtacha 1640 kVt∙soatgacha kamaytirish imkoni yaratilgan; 
ko‘p faktorli tahlil asosida paxta-to‘qimachilik klasteri korxonalarida elektr energiya iste’molini prognoz qilish imkonini beruvchi uslubiy ko‘rsatma  “WBM ROMITEX” MChJ paxta-to‘qimachilik klasteri korxonasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2020 yil 17 sentyabrdagi 11/05-27-81-8173-son ma’lumotnomasi). Natijada, iste’mol qilinayotgan elektr energiya iste’molining prognoz ko‘rsatkichlarini aniqlashning amaldagi usullarini takomillashtirish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish