Rustambekova Firuza Furkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Noan’anaviy qishloq xo‘jaligi xomashyosi topinamburdan foydalanish yo‘li bilan pivo texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1075. 
Ilmiy rahbar: Abdurazakova Sobira Xodjaevna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01. 
Rasmiy opponentlar: Abduraximov Saidakbar Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori, professor; Djanikulova Umida Baxtiyarovna, biologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: topinambur asosida sharbat, konsentrat, kukunlar olish va solod bo‘lmagan xomashyo sifatida foydalanib, pivo pishirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor biokimyoviy, fermentativ va mikrobiologik jarayonlar asosida topinambur tuganaklarining mahalliy navlaridan sharbat, konsentrat va kukun olish usullari ishlab chiqilgan;
lahzali bosim usulini qo‘llash topinambur tuganaklarini po‘stlog‘idan tozalashni 2 daqiqada 95% gacha jadallashtirishi aniqlangan;
tuganaklarning oksidlovchi fermentlarini bir vaqtda inaktivatsiyalash va sterilizatsiyalash bilan xomashyo yo‘qolishi 5% ga kamayishi isbotlangan;
topinambur oqsillarini gidrolizidan hosil bo‘luvchi antioksidant xossali peptidlar pivoni barqarorlashtirishi, inulindan hosil bo‘luvchi fruktoza esa bijg‘ish jarayoni tezlashtirishi isbotlangan;
mahalliy «Mo‘’jiza» va «Fayz-Baraka» topinambur navlaridan olingan qo‘shimchalar (sharbat, konsentart va kukunlar) pivo pishirishda arpa solodini 10–30% gacha almashtirishi aniqlangan;
noanan’anaviy qishloq xo‘jaligi xomashyosi topinambur asosida profiliktik ta’sir etuvchi pivo ishlab chiqarish texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qishloq ho‘jaligi noanan’aviy xomashyosi topinamburdan foydalanib pivo ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy «Mo‘’jiza» va «Fayz-Baraka» topinambur tuganaklaridan sharbat, konsentrat va kukun olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 05312). Natijada, tibiiyot va oziq-ovqat sanoatida qandli diabetni davolash, parhez mahsulotlarga qo‘shimchalar uchun qo‘llaniluvchi sirop olish imkonini bergan;
topinamburning mahalliy «Mo‘’jiza» va «Fayz-Baraka» navlaridan inulin kukuni ishlab chiqarish texnologiyasi «MEHNAT-PIVO» MChJda amaliyotga joriy etilgan (Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining 22 iyundagi 03-10/1876-son ma’lumotnomasi). Natijada, makro va mikroelement tarkibli va profilaktik xususiyatlarli pivo ishlab chiqarish imkonini bergan;
topinamburning mahalliy «Mo‘’jiza» va «Fayz-Baraka» navlaridan pivo ishlab chiqarish texnologiyasi «MEHNAT-PIVO» MChJda amaliyotga joriy etilgan (Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining 22 iyundagi 03-10/1876-son ma’lumotnomasi). Natijada, xomashyoni 15% gacha tejash, bijg‘ish jarayonini 22 soatga qisqartirish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish