Karimova Nodira Miralisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buyrak transplantatsiyasi o‘tkazilgan resipientlarda kislota-asos muvozanati va gemostazning patokimyoviy jixatlari», 03.00.01 – Biokimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/V425. 
Ilmiy rahbar: Xaybullina Zarina Ruslanovna, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika xirurgiya ixtisoslashtirilgan tibbiyot ilmiy-amaliy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xodjimetov Abdug‘affor Axatovich, biologiya fanlari doktori, professor; Abdullaeva Muborak Maxmusovna, biologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yaqin qarindosh tirik buyrak transplantatsiyasi resipientlarida ichki muhit barqarorligini qo‘llab turuvchi molekulyar mexanizmlarni buzilishini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gomeostazning biokimyoviy barqarorligi, kislota asos muvozanati va qonning antioksidant tizimini faoliyati va yaqqol uremiya buyrak transplantatini birlamchi faoliyatini ishga tushishi bilan bog‘liqligi isbotlangan; 
arterial qonda operatsiyadan avval aktual bikarbonat miqdorini 19,8 mmlo`/l dan kam miqdorda o‘zgarishi hamda katalaza faolligini 24 mlkat/l dan oshishi, operatsiyaning 2 va 3-boqichida qondagi rN o‘zgarishlariga olib keladi va buyrak transplantatini kechikish faoliyatiga biologik mexanizm asoslangan;
organizmning biokimyoviy konstantalarini doimiyligini saqlash (rN, NSO3) va kislorodning erkin radikallarini past darajada ishlab chiqish, hamda transplantatning ikkilamchi issiqlik ishemiyasi davrini 35,1 daqiqagacha qisqarishi buyrak transplantatini o‘z vaqtida faoliyat boshlashish va buyrakni moddalar almashinuvi boshqaruviga ulanishiga hamda o‘zini fiziologik vazifalirini bajarishiga olib kelishi isbotlangan;
biokimyoviy immunologik mos kelmagan buyrak transplantatini kechikkan faoliyati ko‘rsatkichlari, jarrohlik amaliyotidan keyin birinchi kundan, qonda lipoperoksidatsiyani kuchayishi, malondial`degid va o‘rta molekulyar peptidlarni to‘planishi, transplantat to‘qimalaridagi membranodestruktiv jarayonlari kuchaytirilganligi ham jarrohlik amaliyoti perioperativ davrida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Buyrak transplantatsiyasi o‘tkazilgan resipientlarda kislota-asos muvozanati va gemostazni patokimyoviy jihatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
«Tirik donor buyrak transplantatsiyasi resipientlarida kislota-asos muvozanati va gemostaz regulyasiyasi tizimida patokimyoviy siljishlar» uslubiy qo‘llanma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 2 sentyabrdagi 8n-d/120-son ma’lumotnomasi). Natijada, buyrak transplantati resipientlarida metabolik holat va kislota-asos muvozanatini  baholash imkonini bergan;
buyrak transplantatsiyasi o‘tkazilgan resipientlarda kislota asos muvozanati va gemostazni patokimyoviy jihatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot xirurgiya markazi,  Toshkent viloyati tez tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi va Andijon Davlat tibbiyot instituti shifoxonasining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 dekabrdagi 8n-d/183-son ma’lumotnomasi). Natijada, buyrakning kechikkan ish faoliyati tashxisoti va bashoratini sifat darajasini yaxshilash, shu bilan birgalikda, optimallashtirilgan laborator monitoringi va resipientlarni transplantatsiya jarrohlik amaliyotiga tayyorlash tartibi sababli, aynan jarrohlik amaliyotigacha metabolik atsidozni kompensatsiyasiga erishilgan va buyrak transplantati birlamchi faoliyatini 66,1% dan 80,9% gacha oshirilishi maqsadga muvofiq kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish