Xoldarova Dilpuza Ergashboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Takroriy ekinlarda mineral o‘g‘itlar me’yorlari va nitragin qo‘llashning g‘o‘za hosildorligiga ta’siri (Andijon viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida)”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Qx425.
Ilmiy rahbar: Iminov Abduvali Abdumannobovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Xudayqulov Jonibek Bozarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Sanaqulov Akmaljon Lapasovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida qisqa navbatli almashlab ekishning 1:1 (g‘o‘za:g‘alla) tizimida kuzgi bug‘doydan so‘ng takroriy ekin sifatida etishtiriladigan dukkakli don (soya, mosh) ekinlarida nitragin qo‘llash va mineral o‘g‘itlar me’yorlarining g‘o‘zani o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi va sifatiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor Andijon viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doydan so‘ng takroriy ekin sifatida etishtiriladigan dukkakli don (soya, mosh) ekinlari urug‘larini ekish oldidan nitragin bilan ishlov berish va mineral o‘g‘itlar me’yorlarini g‘o‘zadagi samaradorligi aniqlangan;
kuzgi bug‘doydan so‘ng takroriy ekin sifatida soya ekini urug‘larini ekish oldidan Bradyrhizobium japonicum SB5, mosh ekini urug‘lari Phaseolus radiatus 148 shtammlaridagi nitragin bilan ishlov berilib, mineral o‘g‘itlarning N30 R90 K60 kg/ga me’yorda qo‘llanilishi ekinlarning o‘sishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi natijasida don hosilini 4,1-5,5 s/ga ortishi aniqlangan;
takroriy dukkakli don (soya, mosh) ekinlari urug‘lari ekish oldidan nitragin bilan ishlov berilib, mineral o‘g‘itlarning N30 R90 K60 kg/ga me’yorda qo‘llanilishi tuproqning hajm massasi va agrokimyoviy xususiyatlarini yaxshilanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
takroriy dukkakli don (soya, mosh) ekinlari urug‘larini ekish oldidan nitragin bilan ishlov berilib, mineral o‘g‘itlarning N30 R90 K60 kg/ga me’yorda qo‘llash orqali g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi, barg sathining shakllanishi, quruq massa to‘plashi, hosildorligi va paxta tolasining texnologik sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkoniyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qisqa navbatli almashlab ekish tizimlarida takroriy ekinlarda mineral o‘g‘itlar me’yorlari va nitragin qo‘llashning g‘o‘za hosildorligiga ta’sirini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida: 
fermer xo‘jaliklari uchun “Qisqa navbatli almashlab ekish tizimlarida nitragin va mineral o‘g‘itlar qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar” tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 9 iyundagi 02/025-1667-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bugungi kunda Andijon viloyatidagi fermer va tomorqa xo‘jaliklari uchun qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda; 
qisqa navbatli almashlab ekishning 1:1 (g‘o‘za:g‘alla) tizimida kuzgi bug‘doydan so‘ng takroriy ekin sifatida etishtirilgan dukkakli-don (soya, mosh) ekinlari urug‘larini ekish oldidan nitragin bilan ishlov berish va mineral o‘g‘itlar qo‘llash texnologiyasi Andijon viloyatining Paxtaobod va Shaxrixon tumanlarida jami 177,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 9 iyundagi 02/025-1667-son ma’lumotnomasi). Natijada kuzgi bug‘doydan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekin sifatida soya ekini urug‘larini ekish oldidan Bradyrhizobium japonicum SB5, mosh ekini urug‘larini Phaseolus radiatus 148 shtammlaridagi nitragin bilan ishlov berilgan urug‘lari ekilib, mineral o‘g‘itlarning N30 R90 K60 kg/ga me’yori qo‘llanilganda soyadan 26,4 s/ga va moshdan 16,2 s/ga don hosili olingan;
takroriy ekin sifatida etishtirilgan dukkakli-don (soya, mosh) ekinlari urug‘larini ekish oldidan nitragin bilan ishlov berish va mineral o‘g‘itlarning N30 R90 K60 kg/ga me’yorini qo‘llashning g‘o‘zadagi so‘nggi ta’siri Andijon viloyatining Paxtaobod va Shaxrixon tumanlarida jami 177,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 9 iyundagi 02/025-1667-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘zadan 41,5-42,4 s/ga paxta hosili olinib, soya va mosh ekinlari urug‘larini ekish oldidan nitragin bilan ishlov berilmasdan o‘g‘itsiz parvarish qilingan fonda etishtirilgan g‘o‘zaga nisbatan 4,0-5,2 s/ga miqdorida qo‘shimcha paxta hosili olinib, rentabellik darajasi 11,5-12,3 % ga yuqori bo‘lgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish