Toshmatov Davlatjon Abduraufovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Konlararo va mahalliy yo‘llar uchun neft` quyqasi asosida neftmineral aralashmasi texnologiyasini yaratish», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T856.
Ilmiy rahbar: Yusupov Farxod Maxkamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Eshmetov Izzat Dusimbatovich, texnika fanlari doktori, professor; Ismatov Dilmurod Nurillaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neft` quyqa(shlam)lari asosida konlararo va mahalliy yo‘llar uchun neftemineral aralashmasi olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, bitum o‘rniga polimer NMA (neft` mineralli aralashma) asosidagi asfaltobeton qorishmaning yangi tarkibi yo‘l qoplamalari uchun ishlab chiqildi, havo kislorodi bilan neft` quyqasini okidlash yo‘li bilan neftemineralli aralashmasini olish jarayonining mo‘’tadil rejimi bunda havo harorati 320-380°S, havo sarfi 15 l/daqiqa va jarayonning davomiyligi 6–8 soatni tashkil qilishi aniqlangan;
neft` mineralli aralashmaning dispers faza zarrachalarining diametri va asfal`tenlar miqdoriga neft` quyqasi oksidlanish xaroratining ta’siri, ya’ni 320 0S haroratda asfal`tenlarning maksimal 48% miqdori va dispers faza zarrachalarining maksimal diametri 33 nm ga etishi aniqlangan;
neft` minerali aralashmasining dispers faza zarrachalarining diametri va asfal`tenlar miqdoriga neft` quyqasi oksidlanish vaqtining ta’siri, ya’ni 420 daqiqada asfal`tenlarning 43% li maksimal miqdori va dispers faza zarrachalarining maksimal diametri 30 nm ga etishi isbotlangan;
neftmineral aralashmasining molekulyar tarkibi IQ-spektroskopiya usuli yordamida asfalten birikmalarini oksidlanishi natijasida murakkab efirlardan bog‘lovchi hosil bo‘lishi aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Neft` quyqalaridan yo‘l qoplamasi uchun neftmineralli aralashmasini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yo‘llar asosi uchun neft` qoldig‘idan oksidlangan bog‘lovchi olish uchun texnik sharti “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan (Ts 23766064-11:2019). Mazkur texnik shart mahsulotning sifati va texnologiya jarayonini nazorat qilish imkonini bergan;
neft` quyqalari asosida olingan neftmineral aralashmalar olish texnologiyasi «O‘zbekneftegaz»AJning «2021–2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2019 yil 14 maydagi 02/12-1-95-son ma’lumotnoma). Natijada, neft` quyqalarini utilizatsiya qilish va chetdan keladigan bitum o‘rnini qoplash imkonini bergan;
konlararo yo‘llar uchun qumli-neftqoldiq shimdirilgan va oksidlangan bog‘lovchili neftmineral aralashmasini texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha V-Respublika innovatsion g‘oyalar va loyixalar yarmarkasida «Muborakneftegaz» DUK bilan 12-88 son xo‘jalik shartnomasi tuzilgan (3.05.2012 y., 43-L/PUD-12 raqam bilan ro‘yxatga olingan). Natijada, neft` qazib olish konlarida yig‘ilib qolgan neft` quyqalarida yo‘l qoplamasi sifatida qo‘llash va qimmatbaho bitumni tejash imkonini bergan.