Roximova Shirin Ollanazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Eksperimental diabet negizida turkesteronning nutrientlar assimilyasiyasiga ta’siri», 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/B150.
Ilmiy rahbar: Kuchkarova Lyubov` Salijanovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.02.08.
Rasmiy opponentlar: Matchanov Azat Taubaldievich, biologiya fanlari doktori, professor; Xayitov Davron G‘aybullaevich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: eksperimental diabetda nutrientlar assimilyasiyasi va hazm organlari gistostrukturasiga turkesteronning ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
alloksan diabet chaqirilgan kalamushlar me’da osti bezida endokrin orolchalar bilan ekzokrin atsinuslar va ingichka ichak epiteliy qavatida destrukturlanishi, shishishi va yallig‘lanishi aniqlangan;
eksperimental diabetda me’da osti bezi sekresiyasining sustlashuvi va inkresiyasining oshishi isbotlangan;
eksperimental diabet chaqirilgan kalamushlar me’da osti bezi va ingichka ichak shilliq qavatiga turkesteronning regenerativ, antiinflamator ta’sir ko‘rsatishi ochib berilgan;
alloksan diabetik kalamushlarda turkesteron ta’siri natijasida pankreatik α-amilazaning sekresiyasi va inkresiyasining me’yorlashuvi isbotlangan;
eksperimental diabetda kuzatilgan enteral disaxaridazalar faolligi induksiyasining turkesteron ta’sirida me’yorlashuvi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Eksperimental diabetda turkesteronning uglevodlar assimilyasiyasiga ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turkesteronning gipoglikemik va antiinflamatorlik xossalari FA-A11-T040 raqamli “Pulicaria gnaphalodes o‘simligi komponentlardan antioksidant “Pulikaron” dori vositasini yaratish” loyihasida Pulicaria gnaphalodes tarkibidagi salvifolinning ekperimental diabetda qondagi gomeostaz ko‘rsatgichlarning o‘zgarishiga me’yorlashtiruvchi ta’sirini korreksiyalashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 24 iyuldagi 4/1255-1534-son ma’lumotnomasi). Natijada, tirik organizmlarning fiziologik ko‘rsatgichlariga nojuya ta’sir ko‘rsatmaydigan yangi antidiabetik vositani yaratish imkonini bergan;
turkesteronning diabetda pankreatik α-amilaza glmeostaziga ta’siri bo‘yicha natijalar PZ-20170927122-raqamli «Ferula foetida o‘simligining kamedi-smolasi asosida substansiyalar yaratish va spesifik farmakologik xossalarni baholash» mavzusidagi loyihada komedi-smlasi tarkibidagi biologik faol moddalarning amilazemik va gipoglikemik xossalarini tavsiflashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 7 oktyabrdagi 4/1255-2158-son ma’lumotnomasi). Natijada, amilazemik va gipoglikemik vositalarni yaratish uchun yangi istiqbolli biologik faol moddalarni aniqlash imkonini bergan.