Usmanova Sayyora Adilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kremniy nanozarrachalari fazoviy va elektron tuzilishini kvantkimyoviy tadqiq qilish», 02.00.04 – Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/K120.
Ilmiy rahbar: Akbarov Xamdam Ikramovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Ro‘zimurodov Olim Narbekovich, kimyo fanlari doktori; Sadikov Ilxam Ismailovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kompyuter modellashtirish orqali kremniy nanonaychalari va fullerensimon zarrachalarining strukturasi, barkaror holatlari va elektron tuzilishini, shuningdek, elektronlar delokalizatsiyasiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kremniy nanonaychalari va fullerensimon zarrachalaridagi atomlararo bog‘lar uzunliklari, valent va diedral burchaklar, bog‘ning uzilish energiyalari, lokal zichlik funksionali uslubi doirasida Becke-Perdew almashinish-korrelyasion potensialidan foydalangan holda polyarizatsiya funksiyalari bo‘lgan valent ikki bor zeta bazisi asosida hisoblangan;
ilk bora kompyuterda modellashtirish yordamida kremniy nanonaychalarining sirt tuzilishi naycha turiga bog‘liqligi, ya’ni (n, 0) -tipi silliq yuzaga, (n, n) -tipi dag‘al tuzilishga ega ekanliklari aniqlangan;
kimyoviy bog‘lanish xususiyatlarini to‘g‘ri aks ettiradigan va barcha kvant kimyoviy dasturiy ta’minot paketlari tomonidan standart tarzda hisoblab chiqiladigan, umumlashtirilgan Vayberg-Mayer indeksini joriy qilish orqali elektronlarning delokalizatsiya darajasini aniqlashning yangi usuli yaratilgan;
ilk bor π-elektronlarning delokalizatsiyasi struktura barqarorligining kamayishiga olib kelishi natijasida nanonaychalar va fullerensimon kremniy tuzilmalarning antiaromatik xususiyatga ega bo‘lishi isbotlangan;
ilk bor turli fullerensimon kremniy nanozarralari qatorida Si20 va Si60 klasterlari  energetik jixatdan eng barqaror ekanliklari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kremniy nanozarrachalari fazoviy va elektron tuzilishini kvantkimyoviy tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ishlab chiqilgan usul FA-Atex-2018-176 raqamli «Oltingugurt kirishmasi bilan legirlangan kremniy monokristal plenkalar olishning radiatsion texnologik usulini yaratish» loyihasida kremniy nanozarrachalarining strukturasi va xossalarining tahlili qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 2 dekabrdagi 2/1255-2706-son ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘shimcha jarayonlarni ketishini oldini olish imkonini bergan; 
kremniy asosidagi diodlar, tok va kuchlanish cheklovchilari, n-tur o‘tkazuvchanlik asosidagi gibrid mikrosxemalar stabilitronlarini termik va radiatsion modifikatsiyalash usuli «Foton» AJda amaliyotga joriy etilgan («UZELTEXSANOAT» uyushmasining 2020 yil 30 noyabrdagi 04-1/2234-son va «Foton» AJning 2020 yil 27 noyabrdagi 485-son ma’lumotnomalari). Natijada, jarayonlarni dastlabki elementlar xususiyatlarining me’yordan og‘ishini oldini olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish