Muxitdinova Muniraxon Ravshanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchilarini ingliz tiliga masofaviy o‘qitishning usul va vositalari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.3.PhD/Ped243.
Ilmiy rahbar: Djumanova Dilbar Raximovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Xashimova Dildora O‘rinbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Babaniyazova Nargiza Po‘latovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchilarini ingliz tiliga masofaviy o‘qitishning usul va vositalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchilarining ingliz tilida V1/V2 darajadagi leksik va grammatik kompetensiyalarini rivojlantirishning algoritmik modeli video va test topshiriqlarining ketma-ket integrallashgan o‘qitish shakli asosida takomillashtirilgan;
ilk bor umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchilarini OTMga kirish imtihonlariga tayyorlashda o‘z-o‘zini nazorat qilish va mustaqil ta’lim olish ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilgan CRMS (sinfni boshqarish tizimi)li masofaviy o‘qitish modeli ishlab chiqilgan; 
til o‘rganishda o‘quvchilarning refleksiv faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan I, II, III, IV murakkablik darajasidagi test topshiriqlarining algoritmik modeli muqobil variantlarning (grammatik izohli) echimi asosida ishlab chiqilgan; 
masofaviy ta’lim texnologiyalari yordamida o‘quvchilarning ingliz tili bilimi darajasini baholash mexanizmi test topshiriqlari natijalarini ilk bor spektrli tahlil (ko‘rsatkichlarni darajalash) orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktab bitiruvchi o‘quvchilariga ingliz tilini masofaviy o‘qitishning usul va vositalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
masofaviy o‘qitish texnologiyalari yordamida ingliz tili fanidan gipermedia muhitida ishlab chiqilgan interfaol videodars ishlanmasi va mashqlar tizimidan «Ta’limning kredit tizimi jarayonini boshqaruvchi TUIT LMS tizimi qo‘shimcha dasturiy majmua ishlanmasi» mavzusidagi Innovatsion loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining2020 yil 1 iyuldagi 89-03-2368-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning leksik va grammatik kompetensiyalari shakllanib, mustaqil o‘z ustida ishlash ko‘nikmasini rivojlantirishga xizmat qilgan; 
masofaviy o‘qitish texnologiyalari yordamida o‘quvchilarning bilim darajasini virtul nazorat qilish va baholash algoritmi asosini tashkil etuvchi I, II, III, IV murakkablik darajasidagi elektron test topshiriqlar bazasidan Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasida C-PF8 raqamli «Masofaviy elektron o‘qitishni va bilim sifatini nazorat qilishni loyihalashtirish» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining2020 yil 1 iyuldagi 89-03-2368-son  otnomasi). Natijada, III, IV murakkablik darajasidagi elektron test topshiriqlar yordamida iqtidorli o‘quvchilar aniqlanib, ta’lim sifatini baholashning dinamik va statik holatini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bitiruvchi o‘quvchilarni integrativ yondashuv asosida OTMga kirish imtihonlariga tayyorlashning kompetensiyaviy yondashuvli masofaviy o‘qitish modelidan «Umumta’lim maktab o‘quvchilarining chet tili kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirish jarayoniga axborot texnologiyalarni joriy qilish mexanizmlarini ishlab chiqish» mavzusidagi PZ-20170927537-son fundamental dasturida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 1 iyuldagi 89-03-2368-son ma’lumotnomasi). Natijada, bitiruvchi o‘quvchilarning axborot kommunikativ kompetentligi va o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmasi rivojlanib, OTMga kirish imtihonlariga samarali tayorlanishlari uchun xizmat qilgan; 
masofaviy o‘qitish texnologiyalari yordamida o‘quvchilar bilimini nazorat qilish metodi va baholashning nazariy-amaliy xususiyatlarini tadqiqi natijasida olingan ilmiy-nazariy xulosalaridan Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning “Ingliz tili bo‘yicha onlayn test tizimini ishlab chiqish va o‘rnatish” loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablarni rivojlantirish agentligining 2020 yil 10 noyabrdagi 01-02/3-766-son ma’lumotnomasi). Natijada,o‘quvchilar bilim darajasini sifatli va samarali nazorat qilishga qaratilgan spektrli tahlili amalga oshirilib, o‘qituvchilar uchun masofaviy o‘qitish texnologiyalari yordamida o‘quvchilar bilimini monitoring qilish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish