Qurbonov Jasurbek Akmaljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda intellektual madaniyatni innovatsion usulda rivojlantirish texnologiyasi (“Falsafa (etika, estetika, mantiq)” fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2019.2.PhD/Ped905.
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Turg‘unoy Axmadjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Asqarova O‘g‘ulxon Mamashakirovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent, Xakimov Nazar Xakimovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalar intellektual madaniyatini innovatsion usulda rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
axboriy-kognitiv, shaxsiy-qadriyatga yo‘naltirilgan, faoliyatli-ijodiy komponentlar asosida talabalar intellektual madaniyatini rivojlanganlik darajasini tashxis etishning informatsion, motivatsion va pedagogik bosqichlari aniqlangan; 
talabalar intellektual madaniyatini akseologik yondashuv asosida rivojlantirish orqali analitik va tanqidiy fikrlash malakasiga ega bo‘lgan etuk kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-pedagogik zarurati  asoslangan; 
talabalar intellektual madaniyatiga xos ijodiy yaratuvchanlikka tayyorgarlik ko‘nikmalarini rivojlanish darajasining mantiqiylik, axloqiylik, hissiy-emotsionallik kabi optimal pedagogik-psixologik  tamoyillari asoslangan.
falsafa fanini o‘qitish orqali talabalar intellektual madaniyatini rivojlantirishda axloqiy-estetik, mantiqiy-dialektik hamda tizimli, umumlashgan, o‘zaro aloqadorlik kabi falsafiy tamoyillarga asoslangan ta’limning o‘rni ochib berilgan. 
IV.  Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Talabalar intellektual madaniyatini falsafa fanlari asosida yangicha pedagogik usulda rivojlantirish texnologiyalariga doir tadqiqot natijalari asosida: 
axboriy-kognitiv, shaxsiy-qadriyatga yo‘naltirilgan, faoliyatli-ijodiy komponentlar asosida talabalar intellektual madaniyatini rivojlanganlik darajasini tashxis etishning informatsion, motivatsion va   pedagogik bosqichlari, talabalar intellektual madaniyatini akseologik yondashuv asosida rivojlantirish orqali analitik va tanqidiy fikrlash malakasiga ega bo‘lgan etuk kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-pedagogik zaruratiga  doir takliflaridan A-1-099 raqamli “O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati” (2015-2017 yy) nomli amaliy loyiha bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 10 yanvardagi 89-03-148-son ma’lumotnomasi). Natijada, takliflarning amaliyotga joriy etilishi talabalarda intellektual madaniyatni rivojlantirishning tarixiy va zamonaviy yo‘nalishlarini aniqlashga xizmat qilgan;
talabalar intellektual madaniyatiga xos ijodiy yaratuvchanlikka tayyorgarlik ko‘nikmalarini rivojlanish darajasining mantiqiylik, axloqiylik, hissiy-emotsionallik kabi optimal pedagogik-psixologik  tamoyillariga doir xulosalaridan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturiga muvofiq 2018 yil 16-22 fevral` kunlari o‘tkazilgan “Yosh kitobxon” tanlovining talablari va baholash mezonlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2020 yil 6 fevraldagi 04-13/524-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi talabalar intellektual madaniyatining muhim komponenti bo‘lgan kitobxonlik malakalarini  ortishiga xizmat qilgan;
falsafa fanini o‘qitish orqali talabalar intellektual madaniyatini rivojlantirishda axloqiy-estetik, mantiqiy-dialektik hamda tizimli, umumlashgan, o‘zaro aloqadorlik kabi falsafiy tamoyillarga asoslangan ta’limning o‘rniga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307-son qarori asosida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyat bo‘limi hamda Farg‘ona davlat universiteti hamkorligida 2019 yil 27 sentyabr` kuni Farg‘ona shahridagi Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi Axborot-rusurs markazida tashkil etilgan “Yoshlar o‘rtasida intellektual madaniyatni yuksaltirishda targ‘ibotning yangicha innovatsion usullaridan foydalanish texnologiyasi” mavzusidagi ma’ruzani tayyorlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 23 yanvardagi 03-09/106-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilgari surilgan nazariy xulosalar, amaliy taklif va metodologik tavsiyalar talabalarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish borasidagi mavjud shart-sharoitlarni takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish