Tillaev Xurshidjon Sulaymon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini rivojlantirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt501.
Ilmiy rahbar: Ortiqov Uyg‘un Davlatovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sattarov Odiljon Berdimuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarida sof foyda hajmidan dividendga ajratmalarni ko‘paytirish orqali bank aksiyalari bozor bahosini o‘sishi hisobiga qo‘shilgan kapital miqdorini oshirish imkoniyati asoslangan;
yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga investisiyalar hajmini oshirish asosida tijorat banklari aktivlarining diversifikatsiya darajasi va barqaror daromad manbaini oshirish taklif etilgan;
tijorat banklari brutto aktivlari tarkibida investisiyalarga qo‘yilmalar ulushining o‘rtacha o‘sish darajasini bank yalpi aktivlari yillik o‘rtacha o‘sishiga mutanosibligini ta’minlash taklif etilgan;
ulushli qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalar hajmini kengaytirish orqali banklarning qimmatli qog‘ozlardan dividend shaklida olinadigan daromadlarini oshirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarida sof foyda hajmidan dividendga ajratmalarni ko‘paytirish orqali bank aksiyalari bozor bahosining o‘sishi hisobiga qo‘shilgan kapital miqdorini oshirish taklifi AT “Aloqabank” faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish bo‘yicha 2020 yil biznes rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (AT “Aloqabank”ning 2020 yil 1 iyuldagi 25-09/2318-son ma’lumotnomasi). Natijada, bankning o‘z mablag‘lari tarkibida qo‘shimcha kapital manbasining summasi 2020 yil 30 iyunda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20 foizga oshishi ta’minlangan;
yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga investisiyalar hajmini oshirish asosida tijorat banklari aktivlarining diversifikatsiya darajasi va barqaror daromad manbaini oshirish taklifi AT “Aloqabank” faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish bo‘yicha 2020 yil biznes rejasida o‘z aksini topgan (AT “Aloqabank”ning 2020 yil 1 iyuldagi 25-09/2318-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu taklif 2019 yil birinchi yarim yillikda jami investisiya portfeli tarkibida yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarning ulushi 62,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yil birinchi yarim yillikda ushbu ko‘rsatkichni 81,3 foizga, ya’ni 167,9 mlrd. so‘mga etkazish imkonini bergan;
tijorat banklari brutto aktivlari tarkibida investisiyalarga qo‘yilmalar ulushining o‘rtacha o‘sish darajasini bank yalpi aktivlari yillik o‘rtacha o‘sishiga mutanosibligini ta’minlash taklifi AT “Aloqabank”ning strategik rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqishda foydalanilgan (AT “Aloqabank”ning 2020 yil 1 iyuldagi 25-09/2318-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida AT “Aloqabank”ning investisiyalari (davlat va xususiy korxonalarning hamda boshqa qimmatli qog‘ozlari) hajmining 2020 yil 30 iyun` holatiga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 125,5 mlrd. so‘mga oshishiga erishilgan;
ulushli qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalar hajmini kengaytirish orqali banklarning qimmatli qog‘ozlardan dividend shaklida olinadigan daromadlarini oshirish taklifi AT “Aloqabank” faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish bo‘yicha 2020 yil biznes rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (AT “Aloqabank”ning 2020 yil 1 iyuldagi 25-09/2318-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bankning aksiyalardan olingan dividendlar summasi 2020 yil 1 yanvar` holatiga 1,5 mlrd. so‘mni tashkil etgan hamda aktivlari tarkibida uzoq muddatli ulushli qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar)ning ulushini 2020 yil boshiga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,3 barobarga oshirish ta’minlangan.