Primov Sherzod Quvondiqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya  mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped562. 
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Begmatov Abdullajon, falsafa fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ kompetentligi bir-biriga bog‘liq lingvistik, sotsiolingvistik va pragmatik komponentlarni darajali bosqichlarini aniqlash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish mexanizmlari diskursiv-stilistik, ritorik-pragmatik, etiket-nutqni verbal va noverbal vositalar va refleksiv komponentalar sub’ekt-sub’ekt munosabatlar asosida takomillashtirilgan;  
bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning polifaktor mantiqiy-tuzilmaviy modeli maqsadga qaratilganlik, mazmunga oid, operatsional, natijadorlikning insonparvarlashtirilgan kommunikativ yadrosi kasbiy ahamiyati sifatlari kiritilishi asosida takomillashtirilgan;
umumiy va kasbiy kommunikativ kompetentligining namoyon bo‘lish mezonlari (umumiy kommunikativ qadriyatlar, shaxslararo muloqotni amalga oshirish, kasbiy ideal darajasi, kasbiy muloqot) shaxsiy xususiyat va sharoitlarga ustuvorlik berish asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy natijalar: 
lingvistik, sotsiolingvistik va pragmatik komponentlarini  rivojlantirish orqali takomillashgan bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ kompetentligidan “O‘zstandart” agentligining 2014 yil 18 sentyabrdagi 4574-son qarori bilan tasdiqlangan bakalavriat yo‘nalishi «Pedagogika sohasi» Davlat ta’lim standarti, Malaka talablari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 yanvardagi 89-03-330-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ kompetentligi komponentlari rivojlanishiga xizmat qilgan;
diskursiv-stilistik, ritorik-pragmatik, etiket-nutqni takomillashtirish orqali aniqlangan bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish mexanizmlari asosida “Umumiy pedagogika (pedagogik mahorat)” darsligi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-son buyrug‘i, 285-114 raqamli guvohnoma). Natijada, kommunikativ kompetentlikni talabalarda rivojlantirishga erishilgan;  
maqsadga qaratilganlik, mazmunga oid, operatsional, natijadorlikni baholash integratsiyasi bo‘yicha takomillashgan bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning polifaktor modelidan “O‘zstandart” agentligining 2014 yil 18 sentyabrdagi 4574-son qarori bilan ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 yanvardagi 89-03-330-son ma’lumotnomasi) Natijada, kasbiy-pedagogik faoliyat samaradorligini baholashning diagnostik apparati takomillashtirilgan;
innovatsion yondashuv bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotining axborot, o‘zini o‘zi anglash va amaliy bloklari orqali ishlab chiqilgan bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning metodik va didaktik ta’minoti asosida “Umumiy pedagogika (pedagogik mahorat)” darsligi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-son buyrug‘i,  285-114 raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatning modernizatsiyalashgan shakllari aniqlashtirilgan

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish