Rasuleva Naima Ziyautdinovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qayta nikohga kirish motivatsiyasining ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2020.2. PhD/R142.
Ilmiy rahbar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Samarov Rustam Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor;  Saginov Nurmat Abdusamatovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va  sport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qayta nikohga kirish motivatsiyasi, asos bo‘luvchi omillar, beva va ajrashgan erkak hamda ayollar qayta nikohining ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlarini aniqlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xalqlar etnosida sog‘lom turmush tarzi “qayta nikoh” fenomenining ijtimoiy-psixologik va etnopsixologik xususiyatlari (etnik ong, o‘z o‘zini anglash, milliy qadriyat) aniqlangan; 
qayta nikoh qurishdagi motivlar shahar, qishloq, jins hamda shaxs individual-psixologik xususiyatlarining (xarakter, temperament, oilaviy hayot sharoiti) jihatlari aniqlangan;
qayta nikoh qurishga undovchi motivlarning reytingi (1-daraja: o‘zaro sevgi-muhabbat, chorasizlik; 2-daraja: yolg‘izlik, urf-odat, rasm-rusumlar; 3-daraja: rahmdillik, moddiy jihatdan bekami-ko‘stlikka erishish) hamda ularning etnopsixologik xususiyatlari aniqlangan;
qayta quriladigan yangi oila a’zolari uchun oilaning mustahkam bo‘lishini ta’minlovchi amaliy tavsiyalar takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qayta nikohga kirish motivatsiyasining ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlari yo‘nalishida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
mahalliy xalqlar etnosida sog‘lom turmush tarzi mezoni sifatida “qayta nikoh” fenomeni tahlil etilib, uning ijtimoiy-psixologik va etnopsixologik xususiyatlarining ta’siri (etnik ong, o‘z o‘zini anglash, milliy qadriyat) bog‘liqligi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya-o‘quv ilmiy markazining P-M-7v-son buyrug‘i bilan “Etnopsixologiya va din psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 1 iyuldagi P-M-7v-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lg‘usi psixologlarda qayta nikohning etnopsixologik xususiyatlari haqida bilim, tushuncha va tasavvurlari ortishiga erishilgan; 
qayta nikoh qurishdagi motivlarning shahar, qishloq, jins hamda shaxsning individual-psixologik xususiyatlari (xarakter, temperament, oilaviy hayot sharoiti)ga xos jihatlari Psixologiya-o‘quv ilmiy markazining P-M-7v-son buyrug‘i  bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 1 iyuldagi P-M-7v-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliyotchi psixologlarning oilaga psixologik xizmat ko‘rsatishga tayyorlanuvchi psixolog mutaxassislar kasbiy kompetentlik darajasini oshirish sohasida sifat jihatdan o‘sishga erishilgan; 
qayta nikoh qurishga undovchi motivlarning reytingi (1-daraja: o‘zaro sevgi-muhabbat, bola shaxsining shakllanishi uchun ota yoki ona tarbiyasining shartligi; 2-daraja: yolg‘izlik, urf-odat, rasm-rusumlar; 3- daraja: rahmdillik, moddiy jihatdan bekami-ko‘stlikka erishish) Psixologiya-o‘quv ilmiy markazining P-M-7v-son buyrug‘i bilan “Oila psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 1 iyuldagi P-M-7v-son ma’lumotnomasi).  Natijada, oila mustahkam bo‘lishiga xizmat qiluvchi samarali usullar bilan bo‘lg‘usi psixologlar tanishtirilgan;
qayta quriladigan yangi oila a’zolari uchun oilaning mustahkam bo‘lishiga yordam beruvchi amaliy tavsiyalar Psixologiya-o‘quv ilmiy markazining P-M-7v-son buyrug‘i bilan “Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 1 iyuldagi P-M-7v-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lg‘usi pedagog-psixolog va amaliyotchi psixolog mutaxassislarni oila psixologiyasi yo‘nalishida o‘qitishda nazariya hamda amaliyot uzviyligi kuchaytirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish