Berdiqulov Ravshanjon Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’limni modernizatsiyalash sharoitida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining deduktiv tahlil ko‘nikmalarini shakllantirish”, 13.00.02 – Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped314.  
Ilmiy rahbar: Mirkomilov Shavkat Miromilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK  faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Yusuf, pedagogika fanlari doktori, professor; Nuralieva Go‘zal, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’limni modernizatsiyalash sharoitida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining deduktiv tahlil ko‘nikmalarini  takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’limni modernizatsiyalash sharoitida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining deduktiv tahlil ko‘nikmalari o‘quv-ijodiy faoliyatini rivojlantirish uchun zamonaviy (muammoli, interfaol) ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga ustuvorlik berishning didaktik, metodik imkoniyatlari shakllantirilgan;
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining deduktiv tahlil faoliyatini rivojlantirish kompetensiyalari kimyoviy savodxonlik, mantiqiy tafakkur, kimyoviy bilimlarni amaliyotda qo‘llash, kreativ yondashuv asosida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirib o‘qitish texnologiyalari va ta’lim strategiyalari uyg‘unligida takomillashtirilgan;
anorganik kimyo darslarida shakllantiriladigan yaxlit tizim sifatida kommunikativ, elektron-axborot ta’lim resursidan foydalanish, o‘z ustida ishlash, kreativlik, bashorat qilishni o‘z ichiga olgan model`  iqtisodiyotning real sektori talablariga mos metodologik, mazmunli, tashkiliy-metodik va natijaviylik komponentlari aniqlangan; 
anorganik kimyo fanini o‘qitishda mavjud innovatsion texnologiyalar bazasi, xalqaro ta’lim tizimi talablariga javob bera oladigan raqobatbardosh, iqtidorli o‘qituvchilarning deduktiv tahlil ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-metodik taklif va tavsiyalar berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ta’limni modernizatsiyalash sharoitida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining deduktiv tahlil ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy  natijalar asosida:
ta’limni modernizatsiyalash sharoitida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining deduktiv tahlil ko‘nikmalari o‘quv-ijodiy faoliyatini rivojlantirish hamda didaktik imkoniyatlarini takomillashtirishga oid takliflar kimyo o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nlishi  davlat ta’lim standartlari va malaka talablari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 avgustdagi 89-03-2966-son ma’lumotnomasi). Natijada, anorganik kimyoni o‘rgatishda deduktiv tahlilga asoslangan zaruriy metodik negiz takomillashtirilgan va amaliyotga joriy etilgan;
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining deduktiv tahlil faoliyatini rivojlantirish kompetensiyalarini ta’lim strategiyalari bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida “Kimyo” o‘quv qo‘lanmasi ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil 26 dekabrdagi 507-son buyrug‘i,  507-43 raqamli guvohnoma) Natijada, talabalarning deduktiv tahlilni amalaga oshirish kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan;
anorganik kimyo darslarida o‘z ustida ishlash, kreativlik, bashorat qilishni o‘z ichiga olgan model` komponentlari hamda anorganik kimyo fanini o‘qitishda mavjud innovatsion texnologiyalar bazasi, xalqaro ta’lim tizimi talablariga javob bera oladigan raqobatbardosh, iqtidorli o‘qituvchilarning deduktiv tahlil ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha  takliflar asosida “Anorganik kimyo” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 martdagi  274-son buyrug‘i,  274-253 raqamli guvohnoma, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 avgustdagi 89-03-2966-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarida deduktiv tahlil ko‘nikmalarini shakllantirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish