Qo‘ziev Nodir Murodillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Discertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida talabalarning texnik tafakkurini rivojlantirish (texnika yo‘nalishlari misolida)», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha (texnika), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1034.
Ilmiy rahbar: Ismoilova Zuhra Karaboevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Xakimov Jamshid Oktyamovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida texnik tafakkurni rivojlantirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
oliy ta’lim muassasalari talabalarining metodika nuqtai nazaridan texnik tafakkur elementlarining o‘zaro aloqadorligini muntazam ravishda rivojlantirishni dominant (turli) pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash asosida texnik tafakkurini rivojlantirishning zarurati va ahamiyati isbotlangan;
talabalarning o‘quv-bilish faoliyati tuzilishining tarkibiy qismi sifatida texnik tafakkur mazmunini rivojlantirish tizimida operatsion muammolarni hal qilish jarayonida aqliy faoliyat (tushunchali, obrazli va amaliy) elementlarining o‘zaro ta’siri talabalarda texnik kashfiyotchilikni qo‘llab-quvvatlash hamda divergent (muammoli) fikrlash usullarining tizimli-tarkibiy jihatiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida talabalarda texnik tadqiqotchilik qobiliyatini rivojlantirishning erudision omili va talabalar bilan individual ishlashga imkon beradigan mustaqil harakatlanish ko‘nikmalarini «inson-texnika», «inson-belgi», «inson-tabiat» asosida integrallashgan tizimni tarkiblashtirishga o‘rgatishning intellektual asosi hamda kognitiv rivojlanishning muhim sharti ekanligi asoslangan;
qishloq xo‘jaligi muhandisligi yo‘nalishi talabalarining texnik tafakkurini rivojlantirish modelini, texnik sohaga doir muammolar, ularning echimiga qaratilgan “Longityud” va innovatsion («Piktogramma», «Assisment», «Muammoli vaziyat yaratish») ta’lim metodlaridan samarali foydalanish asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Bo‘lajak muhandislarning kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida texnik tafakkurini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning o‘quv-bilish faoliyati tuzilishining tarkibiy qismi sifatida texnik tafakkur mazmunini rivojlantirish tizimida operatsion muammolarni hal qilish jarayonida aqliy faoliyat elementlarining o‘zaro ta’siri talabalarda texnik kashfiyotchilikni qo‘llab-quvvatlash hamda divergent fikrlash usullarini tizimli-tarkibiy jihatiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga olingan patent (Tuproqqa ishlov berish va ekish uchun uyg‘unlashgan qurol», №FAP 00657-2011) mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 iyundagi 89-03-2098-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida texnik tafakkur qilishda konvergent fikrlashdan divergent fikrlash darajasiga erishilgan;
texnik tafakkurning rivojlanishini ta’minlovchi kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonining tarkibiy-funksional komponentlari (kontentli, texnologik va kommunikatsion)ni individual, kibernetik yondashuvlar asosida mazmunan takomillashtirish, bo‘lajak muhandislar malaka talablari bilan ilm-fan taraqqiyoti tendensiyalarini integratsiyalash asosida ularning texnik tafakkurini namoyon qiluvchi muhim sifatlarning funksional xususiyatlarini optimallashtirishga doir takliflar “Texnika yo‘nalishlari talabalarida texnik tafakkurni rivojlantirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 iyundagi 89-03-2098-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim jarayonida talabalarning texnik tafakkurini rivojlantirishga erishilgan;
talabalarda texnik tadqiqotchilik layoqatini shakllantirishda «inson-texnika», «inson-belgi», «inson-tabiat» asosidagi integrallashgan kasb strukturasini kashf etishga o‘rgatishning intellektual asosi hamda diaxronik rivojlantirishga doir nazariy materiallardan IOT-2016-2-5 «Tuproqni himoya qiladigan va energiyatejamkor 1.4; 3 va 4 sinf traktorlariga mo‘ljallangan ikki yarusli yumshatkichlarni ishlab chiqarishga joriy etish» mavzusidagi innovatsiya loyihasini bajarish doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 iyuldagi 89-03-2590-son ma’lumotnomasi). Natijada, professor-o‘qituvchilarning talabalarni texnik faoliyatga tayyorlash mexanizmi samaradorligini oshirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish