Chulieva Nilufar Azam qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ijodkor mahorati va janr poetikasi (Nazar Eshonqul qissalari misolida)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4. PhD/Fil1049.
Ilmiy rahbar: Eshonqulov Jabbor Solievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Veli Savaş YELOK, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Nazar Eshonqul qissalari tahlili asosida qissa janri takomili, badiiy mahorat to‘g‘risidagi muayyan ilmiy-nazariy qarashlarni umumlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hozirgi o‘zbek qissalarida qahramon, xarakter, syujet yaratish borasidagi poetik o‘zgarishlarning davomiyligi, so‘nggi yillar o‘zbek qissachiligining taraqqiyot tadriji, yozuvchi Nazar Eshonqul qissalarining badiiy takomillashuv xususiyatlari yoritilgan;
Nazar Eshonqul qissalarida voqealar bayoni va badiiy tasvirda an’anaviy realistik, noan’anaviy (modernistik) yo‘nalish xususiyatlari, zamon-makonning an’anaviy hamda sintetik shakllari aniqlangan;
qissalar matnida qo‘llanilgan ramzlarning asar kompozisiyasiga ko‘ra tasnifi, obrazlar talqini hamda adabiy ta’sir (fol`klor, mumtoz adabiyot ta’siri), asar mavzusi va g‘oyasi kabi masalalarning aks etishida muallifning badiiy mahorati ko‘rsatib berilgan;
“Urush odamlari”, “Momoqo‘shiq”, “Tun panjaralari”, “Qora kitob” qissalarida muallifning ijodiy individualligi, poetik til va ifodada ramz-metaforalarning, badiiy sintez, allyuziya hodisalarining faol qo‘llanilishi, murakkab qurilmali jumlalar, roviy-qahramonning kinoyaviy, aforistik nutqi orqali tasviriylikning izchil shakllantirilishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nazar Eshonqul qissalarining poetikasi va ijodkor mahorati masalasini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
Nazar Eshonqul qissalarida voqealar bayoni va badiiy tasvirda an’anaviy realistik yo‘nalish xususiyatlari, zamon-makonning an’anaviy hamda sintetik shakllari mavjudligi to‘g‘risidagi ilmiy natijalaridan ITD A-1-118 raqamli “Navoiy obrazining tasvir va talqinlariga oid o‘quv qo‘llanmasini tayyorlash va nashr etish” mavzusidagi (2015-2017) fundamental loyihada foydalanilgan. (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 2 oktyabrdagi №89-03-3643-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy adabiyotda an’ana va adabiy ta’sir masalalari mavzusi ilmiy boyitilgan;
qissalar matnida qo‘llanilgan ramzlarning asar kompozisiyasiga ko‘ra tasnifi, obrazlar talqini hamda adabiy ta’sir (fol`klorning ta’siri) to‘g‘risidagi xulosalaridan OT-A1-47 raqamli “Fol`klorshunoslik atamalari lug‘ati” mavzusidagi (2017-2018) amaliy loyihada foydalanilgan. (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 2 oktyabrdagi №89-03-3643-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur manbalar o‘zbek nasri taraqqiyotida fol`klorning o‘rnini belgilashga doir ma’lumotlarning to‘ldirilishiga xizmat qilgan;
“Urush odamlari”, “Momoqo‘shiq”, “Tun panjaralari”, “Qora kitob” qissalarida muallifning ijodiy individualligi, poetik til va ifodada ramz-metaforalarning, badiiy sintez, allyuziya hodisalarining faol qo‘llanilishi, murakkab qurilmali jumlalar, roviy-qahramonning kinoyaviy, aforistik nutqi orqali tasviriylikning izchil shakllantirilishi to‘g‘risidagi ilmiy ma’lumotlardan Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining “Al`manax” rukni ostidagi “Ilk o‘zbek realistik qissasi: “Obid Ketmon” va hozirgi o‘zbek qissalari tadriji”, “Ijodkor mahorati va uslub” mavzusidagi ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2020 yil 29 iyun` 547-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarni ma’rifiy va amaliy jihatdan boyitish imkoni yaratilgan.