Usarova Laylo Ibragimovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abdulla Oripov asarlarida milliy ruh ifodasi”. 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil542.
Ilmiy rahbar: Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Jumanazarov Umrzoq Abdurazzoqovich, filologiya fanlari doktori, professor; Miliev Suvonqul, filologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot:  Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Abdulla Oripov asarlarida milliy ruh ifodasining poetik mazmun, shakl va obrazda namoyon bo‘lish qonuniyatlari hamda milliy ruh talqinida poetik uslubning o‘rnini ilmiy-nazariy jihatdan ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abdulla Oripov asarlarida poetik mazmun va milliy ruh ifodasiaro uyg‘unlik masalasi millatning axloqi, irodasi va e’tiqodiga doir asarlar misolida ochib berilgan;    
shoir qaysi poetik shaklda yozmasin, uchlik, to‘rtlik yoki sakkizlikmi, g‘azal yoki muxammasmi – barchasida milliy ruh yetakchilik qilishi, hayot falsafasi betakror talqin etilishi isbotlangan;
ijodkor lirikasida xalq va Vatan obrazi uzviy bog‘liqlikda tasvirlangani, xalq obrazi ijodkor she’riyatida millat, onaga qiyoslanuvchi suyukli el ma’nolarini ifodalagani, ona obrazi, birinchidan, avtobiografik ahamiyatga ega bo‘lib, ularda ijodkorning kechinmalari va ruhiy olami tasvirlangani, ikkinchidan, ular shoir badiiy-estetik ideali orqali milliy ruhni ifoda etgani dalillangan; 
Abdulla Oripov asarlarida milliy ruh xalqona va mumtoz poetik uslublarda talqin etilgani ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Abdulla Oripov asarlarida milliy ruh ifodasi tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
milliy ruh talqinida poetik mazmun va poetik shaklning tutgan o‘rniga doir ilmiy-nazariy qarashlardan; Abdulla Oripov asarlarida milliy ruhning Vatan, xalq, ona obrazlari orqali ifodalanishi tamoyillari bilan bog‘liq xulosalardan; milliy ruh talqinida badiiy nutq va poetik uslubning ahamiyatiga oid  ilmiy xulosalardan  OT-A1-46 raqamli “Adabiyotshunoslikning nazariy kurslari bo‘yicha o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish” mavzusidagi (2017-2019)  amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 oktyabrdagi 89-03-4257-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiy asarda poetik shakl va poetik mazmun, badiiy asar mazmuni, badiiy obraz va obrazlilik, milliy ruh ifodasi, badiiy nutq va uning qurilishi, she’riy nutq turlari, lirik asarda badiiy uslub singari masalalarga doir nazariy qarashlar yangi fakt va ma’lumotlar, yangicha ilmiy xulosalar bilan boyitilgan;
Abdulla Oripov asarlarida milliy ruh va milliy tafakkurning badiiy ifodasi masalalariga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi She’riyat hamda Adabiy tanqid kengashlarining 2019 va 2020 yillardagi yillik istiqbolli rejalari va dasturlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2020 yil 4 noyabrdagi 01-03-07/911-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi istiqbolli reja va dasturlari milliy ruhning poetik mazmun, shakl va obrazdagi talqini, adabiy-estetik tafakkur rivojiga ta’siri masalalari bilan boyitilgan;
Abdulla Oripov she’riyatida milliy ruhning badiiy mazmun, shakl va obrazdagi ifodasi tahliliga doir ilmiy materiallardan “O‘zbekiston” telekanalida“Assalom, O‘zbekiston”, “Ijod mahsuli”, “Ibratga yo‘g‘rilgan umr”, “Qalb gavhari” hamda “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Mavzu” va “Taqdimot” nomli ko‘rsatuvlari ssenariylarinitayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 3 noyabrdagi 01-13-1044-sonli ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlarning sifati oshib, zamonaviy she’riyatning milliy ma’naviyatimizni boyitishdagi o‘rnini ko‘rsatishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish