Jo‘raeva Sobira Eshqurbonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abdushukur Shukuriyning adabiy merosi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2019.1.PhD/Fil.706.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Ilmiy rahbar: Haqqulov Ibrohim Chorievich, filologiya fanlari doktori.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc.02/30.12.2019. Fil.46.01.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Qobilova Zebo Bakirovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Fanlar akademiyasi davlat Adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Zullisonayn shoir Shukuriy hayoti va faoliyatini turli manbalar hamda “Devon”idagi yangi ma’lumotlar asosida yoritish, uning o‘zbek va tojik tilidagi adabiy merosi ko‘lamini janrlar tarkibini aniqlashtirish, XIX asr o‘zbek mumtoz adabiyotidagi o‘rnini belgilash, ijodiy o‘ziga xosligini an’anaviylik va badiiy mahorat nuqtai nazaridan ilmiy asoslashdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Shukuriyning devoni qo‘lyozma nusxalari hamda tazkiralardagi yangi topilgan ma’lumotlar asosida uning muxtasar ilmiy biografiyasi yaratilgan va adabiy merosi tarkibi belgilangan;
Shukuriy devoni Toshkent va Leningrad qo‘lyozmalarining tasnifi asosida Toshkent qo‘lyozmasi nisbatan mukammalligi va janrlar tarkibining rang-barangligi bilan ajralib turishi aniqlangan;
Shukuriy XIX asr Buxoro adabiy muhitining taniqli namoyandalaridan Shavqiy, Humuliy, Vola, Xiromiylar bilan yaqin ijodiy munosabatda bo‘lganini aniqlash asosida uning ushbu davr o‘zbek adabiyotidagi o‘rni belgilangan;
shoirning o‘zbek tilidagi adabiy merosining umumiy hajmi, janriy tarkibi aniqlangan, mavzular ko‘lami tasniflangan, g‘oya va obrazlar olami, davr adabiy muhitiga xos bo‘lgan yetakchi tamoyillar ko‘rsatilgan;
Shukuriyning Hofiz, Lutfiy, Navoiy, Fuzuliy, Bedil kabi buyuk salaflaridan ta’sirlangani, ulardan ijodiy o‘rgangani, g‘azallariga tatabbular yozgani misolida shoir ijodida an’anaviylik va badiiy mahoratning o‘ziga xosligi ochib berilgan;
Shukuriyning o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan hissasi ta’rix janridagi betakror va mazmundor asarlarida namoyon bo‘lishi, shoir ta’rixlarida zamonasining qator muhim hodisalari o‘zining badiiy in’ikosini topgani ko‘rsatilgan;
Shukuriy she’riyatida qo‘llangan tashbeh, tanosub, mubolag‘a, husni ta’lil singari badiiy san’atlar orqali shoirning badiiy mahorati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Shukuriyning adabiy merosi” mavzusida erishilgan ilmiy natijalardan:
Abdushukur Shukuriy ijodidagi rang bilan bog‘liq tasvirlar, dissertatsiyasidan olingan ilmiy xulosalardan Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutida bajarilgan FA –FI-GO39 “Alisher Navoiy (2 jildlik) va Abdulla Qodiriy qomuslarini yaratish” (2012-2016) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasida foydalanilgan ( Fanlar akademiyasining 2020 yil 2-oktyabrdagi 3/1255-2108 raqamli ma’lumotnomasi). Xususan loyihada tadqiqotning:
XIX asr o‘zbek adabiyoti taraqqiyotida Abdushukur Shukuriy ijodiy merosining o‘rganilishi;
shoir tafakkurining shakllanishida rol` o‘ynagan asosiy mezonlar, jumladan, Alisher Navoiyning ijodiy ta’siri ;
yangi o‘zbek adabiyotining yuzaga kelish omillari, Shukuriyning ijodini janr va mavzular tasnifi, adabiy mezon va janrlarning yangilanishi, poetik shakllarning o‘zgarishi jarayonida bevosita Alisher Navoiy an’analarining namoyon bo‘lganligi ifodasini topgan materiallardan, xususan, “ Shukuriyning adabiy merosi” (2011), “ Shukuriy ijodida an’ana va yangilik” (2018) kabi maqolalardan foydalanilgan.
Shuningdek, tadqiqot ilmiy natijalaridan mazkur institutda 2017-2020 yillarda bajarilgan OT-F1-77 “O‘zbek adabiyoti durdonalari “ 100 jildligini nashrga tayyorlash” mavzusidagi loyihada ham foydalanilgan. Jumladan, loyiha doirasidagi “ Abdushukur Shukuriy. Devon”i kirish so‘zi va izohlar bilan tayyorlangan.