Jalg‘asov Nurjan Maratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pragmaticheskie i lingvokul`turologicheskie osobennosti otsenka cheloveka v proverbial`nix obrazovaniyax (na materiale angliyskogo, uzbekskogo i karakalpakskogo yazikov)» 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1138.
Ilmiy rahbar: Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019Fil/Ped.83.01
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori Jo‘raeva Maloxat Muhammadovna; filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Bazarbaeva Al`bina Mingalievna.
Yetakchi tashkilot nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli tizimga mansub va qardosh tillar (ingliz, o‘zbek va qoraqalpoq tillari) materiali misolida proverbial tuzilmalar tarkibida insonga berilgan baho voqelanishining pragmatik va lingvomadaniy xususiyatlarini belgilash, qiyoslanayotgan tillarda mavjud bo‘lgan maqollar tahlili orqali insonni tavsiflashdagi o‘xshashliklar va tafovutlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz, o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi maqollarda insonga berilayotgan bahoning antropotsentrik mazmunga ega ekanligi hamda ushbu mazmunning nutqiy muloqat vaziyatida voqelantiruvchi omillar ko‘lami belgilangan;
tahlil qilingan tillardagi maqollar semantikasida insonni baholovchi semalar faollashuvining bevosita, bilvosita va majoziy usullarini aniqlash bilan bir qatorda ularning etnomadaniy o‘ziga xosligi dalillangan;
chog‘ishtirilgan tillarning proverbial tuzilmalarida insonning ijobiy va salbiy bahosi aks etishining mushtarak xususiyatlari (semantik-strukturaviy va leksik-morfologik jihati) va tafovutlarini (lingvomadaniy, pragmatik va tarixiy-etimologik jihati) aniqlash mezonlari ishlab chiqilgan;
insonni baholovchi maqollarning urf-odatlar, an’analar, turmush sharoiti, hayot tarzi, milliy mentalitet va milliy stereotiplar bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladigan lingvomadaniy mazmuni ochib berilgan hamda ularning ingliz, o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi badiiy matnlarda faollashuv me’yorlari aniqlangan;
insonning ichki olami (ruhiy holat, fe’l-atvor, atrof-muhitga nisbatan psixologik ta’sirlanish) va tashqi tuzilishi (yosh, tashqi ko‘rinish, sog‘lomlik-bemorlik, kasbiy faoliyati, ijtimoiy maqomi) xususiyatlarini tasvirlashga mo‘ljallangan muayyan parametrlar bo‘yicha ingliz, o‘zbek va qoraqalpoq antropotsentrik proverbial tuzilmalarning tasnifi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz, o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi insonni baholovchi provebial tuzilmalarning faollashuvi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
ingliz, o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi insonni baholovchi proverbial tuzilmalar tahlil jarayonida aniqlangan insonning tashqi (yosh, tashqi ko‘rinish, sog‘-nosog‘lik, kasbiy faoliyati, jamiyatdagi maqomi) va ichki (ruhiy holat, fe’l-atvor, atrofidagilardan ruhiy ta’sirlanish) tavsiflarini ifodalashiga oid muayyan ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasidagi AQSh elchixonasining 2015 yildagi SUZ 800-13-GR-133 raqamli “English Access Microscholarship Program” ta’lim granti dasturi doirasida Nukus davlat pedagogika institutida iqtidorli o‘quvchilarga ingliz tilini o‘qitish jarayonida foydalanildi (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 8 sentyabrdagi 89-03-3134-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning iqtidorli o‘quvchilarga ta’lim berish amaliyotiga tatbiq etilishi ingliz maqollarini o‘rganish, ularni o‘zbek va qoraqalpoq tillariga tarjima qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam bergan;
ingliz, o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi proverbial tuzilmalar tahlili paytida erishilgan urf-odatlar, an’analar, turmush sharoitlari, hayot tarzi, milliy mentaliteti hamda qiyoslanayotgan tillar sohiblarining milliy ruhi bilan bog‘liq bo‘lgan stereotiplar ko‘rinishidagi lingvomadaniy mazmunga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan F1-FA-0-43429 «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2020 yil 8 sentyabrdagi 17.01/91-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpoq fol`klori, jumladan, insonni baholovchi maqollar, ularning fol`klor matnlarida faollashuvi, qoraqalpoq proverbial tuzilmalarni boshqa tillarga o‘girish, o‘zbek va qoraqalpoq maqollari semantikasida insonni baholash usullarini (bevosita, bilvosita va metaforik) aniqlash hamda ularning etnomadaniy o‘ziga xos xususiyatini ochib berishda va paremiologik lug‘atlar tuzishga yo‘naltirilgan harakatlar istiqboli belgilangan;
chog‘ishtirilayotgan tillaridagi maqollarning muayyan lingvomadaniy jamoa a’zolari tafakkur tarzining mohiyatini tasavvur qilish va qiyoslanayotgan tillar sohiblarining ma’naviy dunyosini ochib berishga oid xulosalardan Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san’at muzeyida ingliz va turkiy xalqlar og‘zaki ijodi, xususan o‘zbek va qoraqalpoq fol`klorida naql janri bo‘yicha ko‘rgazma tayyorlash va turistlarga uni tushuntirish jarayonlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2020 yil 8 sentyabrdagi 2-03/1072-son ma’lumotnomasi). Natijada muzeyga tashrif buyurgan mehmonlarga milliy koloritni namoyon etish, o‘zbek va qoraqalpoq maqollari semantikasida insonni baholash usullarini aniqlash hamda ularning etnomadaniy o‘ziga xos xususiyatini ochib berish imkoni yaratilgan;
insonning tashqi ko‘rinishi va yoshi, aqliy qobiliyati, shaxsiy xususiyatlari, oilaviy holati, mehnat faoliyati, ijtimoiy maqomi va shuningdek, xulqi va hayot tarzini baholovchi ingliz, o‘zbek va qoraqalpoq maqollari tasnifiga oid ilmiy-nazariy tavsiyalar Qoraqalpog‘iston teleradiokanali orqali ta’lim tizimiga, ilmiy-tadqiqot institutlariga va badiiy adabiyotga qiziquvchi keng ommaga taqdim etildi va bu borada ijobiy natijalarga erishildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2020 yil 11 sentyabrdagi 01-02/174-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston radiokanalining “Xabar” dasturi orqali aholiga, asosan o‘quvchi yoshlarga, talabalarga, olimlarga va katta ilmiy-xodim izlanuvchilarga ingliz, o‘zbek va qoraqalpoq tillarida insonning tashqi va ichki parametrlari bo‘yicha baholovchi maqollarni targ‘ib qilish imkoniyati vujudga kelgan.