Avaznazarov Odiljon Rahmatulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiy ijodida soqiy obrazi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil703.
Ilmiy rahbar: Shodmonov Nafas Namozovich, filologiya fanlaridoktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ahmedova Shoira Ne’matovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchitashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: soqiy obrazining genezisi, badiiy takomil tadriji, Alisher Navoiy ijodidagi mavqei, talqinlari, ijtimoiy-falsafiy konsepsiyasi hamda botiniy va zohiriy xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
soqiyning poetik obraz sifatida shakllanishi va taraqqiyotiga jahon xalqlari ijtimoiy va madaniy hayotidagi may bilan bog‘liq urf-odatlar, shuningdek, ta’birnomalar, fol`klor, tasavvuf adabiyotining ta’siri isbotlangan;
shoir soqiy obrazining turkiy adabiyotda mavjud ma’nolarini Azroil, davr, ishq, balo, yor, hukmdor, shahzoda, Atorud yulduzi kabilar bilan boyitgani, ilk bor “Soqiy” radifli musaddas, g‘azal va ruboiylar yaratib, uning poetik imkoniyatlarini rivojlantirgani dalillangan;
soqiy obrazining poetik tabiati, botiniy va zohiriy xossalari Alisher Navoiyning ijodiy konsepsiyasi asosida shakllangani ochib berilgan;
“Xazoyinu-l-maoniy” hamda “Xamsa” asarlarida soqiy obrazining badiiy tasvir imkoniyatlari, irfoniy xususiyatlari, tasavvufiy obrazlar tizimi bilan assotsiativ munosabati, ifoda usuli aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Alisher Navoiy ijodida soqiy obrazining badiiy talqinlarini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida: 
soqiy obrazining poetik tabiati, botiy va zohiriy xossalari Alisher Navoiy dunyoqarashi va ijodiy konsepsiyasi bilan bog‘liq ekaniga oid ilmiy xulosalardan ITD A-1-118-raqamli “Navoiy obrazining tafsir va talqinlariga oid o‘quv qo‘llanmasini tayyorlash va nashr etish” (2015–2017) mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan. (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 3 noyabrdagi 89-03-4365-son ma’lumotnomasi). Natijada soqiy obrazining falsafiy konsepsiyasi, botiniy va zohiriy xossalarini aniqlash imkonini bergan;
shoir soqiy obrazining turkiy adabiyotda mavjud ma’nolarini Azroil, davr, ishq, balo, yor, hukmdor, shahzoda, Atorud yulduzi kabilar bilan boyitgani, ilk bor “Soqiy” radifli musaddas, g‘azal va ruboiylar yaratib, uning poetik imkoniyatlarini rivojlantirgani haqidagi ilmiy qarashlardan F-1-06 “Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida Sharqu G‘arb adabiy an’analari sintezi” (2012–2016) nomli fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan. (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 3 noyabrdagi 89-03-4365-son ma’lumotnomasi). Natijada Sharq mumtoz she’riyatidagi an’anaviylik, uning istiqlol davridagi davomiyligi haqidagi nazariy fikrlar takomillashishiga xizmat qilgan;
“Xazoyinu-l-maoniy” hamda “Xamsa” asarlarida soqiy obrazining badiiy tasvir imkoniyatlari, irfoniy xususiyatlari, tasavvufiy obrazlar tizimi bilan assotsiativ munosabati, ifoda usuli xulosalardan Qashqadaryo viloyat televideniyasi dasturlaridan joy olgan ko‘rsatuv va radioeshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (Qashqadaryo viloyat televideniyasining 2020 yil 03 iyul`dagi 547-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv va radioeshittirishlar ma’rifiy va amaliy jihatdan boyitishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish