Gafurov Ubaydullo Vaxabovichning

doktorlik dissertatsiyasihimoyasihaqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish» 08.00.08 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti; 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi  (iqtisodiyot fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /iqtisodiyot fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.I310

 Ilmiy maslahatchi: Yusupov Axmadbek Tadjievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Toshkent moliya instituti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi 14.07.2016.I.31.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Iminov Odiljon Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abduraxmonov Olim Qalandarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nabiev Elshod Ganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotningmaqsadi: kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha nazariy-uslubiy yo‘nalishdagi taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

kichik biznes miqdoriy chegarasi mezonlarini «minimal samarali ko‘lam» va «funksional jihatdan komplektlash» konsepsiyalari hamda ishchi kuchining so‘nggi qo‘shilgan mahsuloti uyg‘unligi negizida belgilash bo‘yicha nazariy-uslubiy yondashuv asoslangan;

tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonining optimal muddatini belgilash,ularni samarali amalga oshirilishini ta’minlovchi maxsus infratuzilma xizmatlari faoliyatini rivojlantirish asosida davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirishning ilmiy-uslubiy jihatlari asoslangan;

mintaqalarning eksport salohiyatini oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokini yanada kengaytirish va ularni qo‘llab-quvvatlash samaradorligini ta’minlashning asosiy vosita va dastaklari hamda baholash tizimini joriy etish asosida takomillashgan uslubiy yondashuvi ishlab chiqilgan;

iqtisodiyotda ishchi kuchi talab va taklifi muvozanatining kichik biznes sub’ektlari orqali uyg‘unligini oshirishda bandlikka ko‘maklashish sohasida tayyorlangan mutaxassislarning ishlab chiqarishdagi turg‘un joylashuvini o‘zaro manfaatdorlik asosida ta’minlashga rag‘batlantiruvchi iqtisodiy mexanizm asoslangan;

ishbilarmonlik muhitining rivojlanganlik darajasini baholash uslubiyati Jahon bankining Doing Business reyting ko‘rsatkichlariga muvofiqligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini eksportini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan eksport shartnomasini tuzishda ko‘rsatiladigan yordamning manzillilik darajasining reyting baholash usuli ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:

Doing Business xalqaro indikatorlarini e’tiborga olgan holda mintaqalardagi ishbilarmonlik muhitini baholash uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi amaliyotiga tatbiq etilgan (2016 yil 11 noyabrdagi 6775/03-19-son ma’lumotnoma). Mazkur taklifning amalga oshirilishi mintaqalardagi ishbilarmonlik muhitini baholash natijalarining ob’ektivligini oshirish hamda xalqaro talablarni e’tiborga olgan holda ishbilarmonlik muhitini baholashga oid yangi indikatorlarni uslubiy amaliyotga o‘z vaqtida kiritib borish imkonini beradi;

kichik biznes sub’ektlari eksportini qo‘llab-quvvatlashni baholash hamda eksport shartnomalarining manzillilik darajasini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan «Teskari tartibdagi reyting nisbati» usuli Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi Kichik biznes sub’ektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi amaliyotiga joriy etilgan (2016 yil 26 sentyabrdagi JM-1058-son ma’lumotnoma). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi eksport bo‘yicha qo‘llab-quvvatlashning manzillilik darajasi va kichik biznes sub’ektlari eksport tarkibi diversifikatsiya darajasining oshishi, tarkibida texnologik jihatdan qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan tovar va xizmatlarni eksport qilinishini rag‘batlantirish jarayonlarining kuchayishiga imkon yaratdi, xususan, Buxoro, Navoiy va Farg‘ona viloyatlaridagi kichik biznes sub’ektlarining eksport shartnomalari hajmining 12 foizga oshishiga imkon berdi;

kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash samaradorligini oshirish hamda ish bilan ta’minlash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflar Mehnat vazirligi tizimiga joriy qilingan (2016 yil 29 sentyabrdagi 02-06/2893-son ma’lumotnoma). Mazkur taklifning amaliyotga tatbig‘i ishsizlarni kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash markazi faoliyati samaradorligini oshirish, bitiruvchilarni doimiy ish bilan ta’minlash; davlat tomonidan eksportga yo‘naltirilgan, tarkibida texnologik jihatdan qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi, aholining muayyan qatlamlari (yoshlar, ayollar, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, zamon talabidan kelib chiqqan holda o‘z kasbini o‘zgartirishga ehtiyoj sezayotgan va boshqa fuqarolar)ni ish bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan korxonalarni rag‘batlantirish; korxonalarning eksport salohiyatini yanada oshirish, xususan, mazkur mexanizm orqali korxonalar tomonidan ishga qabul qilingan shaxslarga to‘lanishi ko‘zlangan ishsizlik nafaqalarini tejash, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan davlat byudjetiga qo‘shimcha ijtimoiy to‘lovlarning manbasini yaratdi;

kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash bo‘yicha Davlat dasturida belgilangan miqdorini hududlar bo‘yicha taqsimlash uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar Mehnat vazirligi tizimida amaliyotga joriy qilingan (2016 yil 29 sentyabrdagi 02-06/2893-son ma’lumotnoma). Mazkur taklif Davlat dasturida belgilangan ishsizlarni kasbga qayta tayyorlash bo‘yicha xodimlar sonini hududlar o‘rtasida muayyan ustuvorliklarni hisobga olgan holda samarali taqsimlash imkonini berdi;

kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish borasidagi asosiy tendensiyalar bakalavriat ta’lim yo‘nalishida «Iqtisodiyot nazariyasi» fanidan darslikka kiritilgan (2005 yil 21 sentyabr` №0053). Mazkur ilmiy natijalardan darslikda foydalanish kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solishning mazmuni va o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishga xizmat qildi;

davlat tomonidan kichik biznesni tartibga solish, asosiy yo‘nalishlari, vosita va usullariga oid ilmiy natijalar 5A230101–Iqtisodiyot nazariyasi mutaxassisligi uchun «Iqtisodiy tizimlar transformatsiyalashuv jarayonlari nazariyasi» fani darsligiga kiritilgan (2013 yil 3 mart №82-031). Ilmiy natijalardan darslikda foydalanish kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy yo‘nalishlari, vosita va usullarining tavsifini ochib berishga xizmat qildi;

kichik biznesning ishlovchilar soni jihatidan mezonlarini belgilashning asosiy konsepsiyalari, davlat tomonidan sohaga berilgan imtiyozlar samaradorligini baholashning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha takliflardan «O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik marketing strategiyasini rivojlantirishning nazariy va metodologik asoslarini ishlab chiqish» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 7 oktyabrdagi FTK-0313/659-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalardan loyihada foydalanish mamlakatimizda kichik biznesni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda qo‘llab-quvvatlash vositasi va dastaklarining ta’sirchanligini kuchaytirish, turli ko‘rinishdagi imtiyozlarning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish