Rizaev Baxtiyor Xollievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ne’mat Aminov ijodida ijtimoiy va adabiy-hajviy tiplarning badiiy talqini”, 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2019.3.PhD/Fil 959.
Ilmiy rahbar: To‘raev Damin, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Shoira Ne’matovna, filologiya fanlari doktori, professor; Xolmurodov Abdulxamid, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ne’mat Aminov ijodida hajviy tiplar yaratishning o‘ziga xos jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy adabiyotda hajviy yo‘nalishning ildizlari xalq og‘zaki ijodida va o‘zbek adabiyotining tadrijiy bosqichlarida takomil topganligi ochib berilgan;
o‘zbek nasrida hajviy yo‘nalishning shakllanishi Abdulla Qodiriy, G‘afur G‘ulom, Said Ahmad kabi yozuvchilar ijodi bilan bog‘liqligi va bu adiblarning ijodiy an’analari Ne’mat Aminov tomonidan davom ettirilganligi asoslangan;
Ne’mat Aminov hajviyotiga xos obraz yaratish mahorati, mavzu tanlash va uni yoritishdagi novatorlik xususiyatlari ochib berilgan;
hajviy pafosning satira hamda fojeaviylik estetik kategoriyasi bilan munosabati, ular o‘rtasidagi aloqadorligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ne’mat Aminov ijodida ijtimoiy va adabiy-hajviy tiplarning badiiy talqini tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
hajviy pafosning satira hamda fojiaviylik estetik kategoriyasi bilan munosabati, ular o‘rtasidagi aloqadorligi haqidagi ilmiy xulosalaridan OT-F8-002 raqamli “Hozirgi zamon sivilizatsiyasining inson ijtimoiy qiyofasiga ta’siri” (2007-2011) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan. (Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 89-03-2336-son ma’lumotnomasi). Natijada hajviy asar badiiy tiliga xos xususiyatlar jonli xalq tilining tabiati va ma’naviy dunyosining tarkibiy qismi sifatida qaralishi haqidagi o‘rinlar mukammallashgan:
badiiy adabiyotda hajviy yo‘nalishning ildizlari xalq og‘zaki ijodida va o‘zbek adabiyotining turli bosqichlarida takomil topganligi haqidagi ilmiy-nazariy xulosalaridan FA-F1-G040 raqamli “O‘zbek adabiyoti qiyosiy adabiyotshunoslik aspektida: tipologiya va ta’sir” (2012-2016) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan. (Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 89-03-2336-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy adabiyotda hajviy yo‘nalishni boshqa xalqlar adabiyoti bilan qiyosiy o‘rganish qiyosiy adabiyotshunoslikning muhim muammolarini yoritishga alohida e’tibor qaratganligi loyihaning metodologik asoslarini shakllantirishga xizmat qilgan;
Ne’mat Aminov hajviyotiga xos an’ana va novatorlik xususiyatlari haqidagi nazariy qarashlaridan FA-F1-GOO3 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” (2012-2016) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan. (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2020 yil 10 iyundagi 17.01/124-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy asarlarda qo‘llanilgan semantik derivatsiya hodisasining nazariy tadqiqi mukammallashgan.