Axrorova Ro‘zixon Usmonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fransuz va o‘zbek tillarida “yosh”ga oid semantikali leksik va frazeologik birliklarning lisoniy xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil.734.
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdi Eshonqulovich filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Yoqubov Jamaliddin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Gulbaxor Qobuljonova, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: fransuz va o‘zbek lingvomadaniy hamjamiyatlarida “yosh davr”larining umumiy hamda aloxida xususiyatlarini aniqlash va leksik-semantik hamda frazeo-semantik tahlilini amalga oshirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fransuz va o‘zbek tillaridagi “yosh”ga oid semantikali leksik va frazeologik birliklarning lisoniy xususiyatlari ilk bor ilmiy monografik planda tadqiq etildi;
fransuz va o‘zbek tillaridagi “yosh” semantikali til birliklari beshta asosiy leksik-semantik guruhlarga ajratib tasniflandi;
“yosh” to‘g‘risidagi tushuncha-tasavvurlarni qiyosiy tadqiq etish jarayonida lingvistik va psixolingvistik yondashuvlarning zamonaviy tizimi asosida fransuz va o‘zbek tillarida so‘zlashuvchilar nutqining kognitiv lingvistika bo‘yicha tahlili amalga oshirildi;
fransuz va o‘zbek tillarida “yosh” semantikali frazeologizmlarning gender xususiyatlari va ularning olam milliy manzarasida namoyon bo‘lish holatlari ilmiy tahlil qilindi va “yosh”ga oid semantikali mezurativ frazeologizmlarning lisoniy xususiyatlari aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
ransuz va o‘zbek tillarida “yosh”ga oid semantikali leksik va frazeologik birliklarning lisoniy hususiyatlarining qiyosiy tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflardan:
fransuz va o‘zbek tillari qiyosiy tavsifi orqali jamiyatda yuz berayotgan globallashuv jarayonida xalqlar madaniyati va tushunchalari o‘rtasidagi tafovutlar va o‘xshashliklar ilmiy asoslandi. Natijada til o‘rganuvchilarning ikki qiyoslanayotgan til lisoniy olamiga tegishli bilimlari yanada boyitildi, mamlakatshunoslik va madaniyatlararo muloqot shakllarida muayyan ijobiy natijalarga erishilgan.
fransuz va o‘zbek tillarida “yosh”ga oid semantikali leksik va frazeologik birliklarning lisoniy usullardan foydalanib olib borilgan tadqiq natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Fan va Texnologiyalar agentligi tomonidan taqdim etilgan A-1-099 raqamli 2015-2017 yildagi “O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida 2017 yilda “Farg‘ona” nashriyoti tomonidan nashr etilgan “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy madaniy moslashuvini rivojlantirishning metodik asoslari” mavzusidagi uslubiy qo‘llanmasinining “Shaxs intellektual madaniyati va uni rivojlantirish masalalari” nomli 4-bobini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’limi vazirligining 2020 yil 21 sentyabrdagi 89-03-3418-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qo‘llanma mazmuni qiyosiy materiallar bilan boyitish imkoni yaratilgan;
“Yosh davr”larini ifodalovchi semantikali leksik va frazeologik birliklarning semantik tahlilidan 574097-ERR-1-2016-1-SY-EPPKA2-CBHE-JP raqamli,”RUECVET: “Pilotirovanie Evropeyskoy sistemi perevoda zachyotnix edinis (kreditov) dlya professional`nogo obrazovaniya i obucheniya (ECVET) v natsional`nix sistemax professional`nogo obrazovaniya i obucheniya Rossii i Uzbekistana” (2016-2019 g.g.) nomli xalqaro loyihada foydalanildi(O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’limi vazirligining 2020 yil 21 sentyabrdagi 89-03-3418-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ilmiy asosdagi tushuncha va tasniflar bilan boyitilgan;
Ilmiy tadqiqot natijalari asosidagi “Dunyoning milliy-madaniy va ijtimoiy manzaralarini aniqlashda fransuz va o‘zbek tillari o‘rtasidagi xususiylik va umumiylik” nomli ma’ruzadan Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining “Xayrli oqshom” radioeshittirishida foydalanildi(Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2020 yil 21 fevraldagi 12-01/92 sonli ma’lumotnomasi). Natijada radioeshittirish mazmunan ilmiy tushunchalar bilan boyitildi, ilmiy-ommaboplik xususiyatini yanada ortishiga imkon yaratilgan.