Utapov Ne’matullo Egamqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chigirtkalarga qarshi kimyoviy preparatlarni o‘ta kam hajmda (UMO) purkashning ilmiy asoslarini yaratish”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Qx357.
Ilmiy rahbar: Tufliev Nodirbek Xushvaqtovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/30.12.2019.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Kimsanbaev Xujamurod Xamroqulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Xolliev Asamiddin Turaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zdavkarantin inspeksiyasining O‘simliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chigirtkalarning asosiy zararli turlarini, biologiyasini va kimyoviy ishlov o‘tkazishning eng maqbul muddatini o‘rgangan holda insektisidlarni o‘ta kam hajmda (UMO) purkashdan foydalanishning biologik, xo‘jalik va iqtisodiy  samaradorliklarini ilmiy asoslash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Respublikamiz hududlarida chigirtkalarning zararli turlarining tarqalish ko‘rsatkichlari, ularning ko‘payish sabablari, zarari va rivojlanish xususiyatlari aniqlangan;
ekologik bezarar uzoq muddat ta’sir etuvchi moyli 5% m.s., Nomolt UMO insektisidini to‘da hosil qiluvchi va to‘da hosil qilmaydigan zararli chigirtkalarga qarshi qo‘llashning imkoniyatlari aniqlangan;
ilk bor zararli chigirtkalarga qarshi kurashda o‘ta kam hajmda purkash (UMO) moslamasidan foydalanishda, 1 gektar maydonga ketadigan xarajatni boshqa ishlov vositalariga nisbatan o‘rtacha 21200-56600 so‘mgacha (2019 yil qiymat bo‘yicha) kamayishi sababli, ish unumi yuqori bo‘lishi aniqlangan;
Respublikamiz hududlarida tarqalgan zararli chigirtkalarga qarshi turli kimyoviy guruhga mansub insektisidlarning biologik samaradorligi aniqlangan;
zararli chigirtkalarga qarshi o‘ta kam hajmda purkash (UMO) moslamasidan foydalanilganda boshqa kurash vositalariga nisbatan ishlov o‘tkazishning xo‘jalik va iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublikamizning zararli chigirtkalar tarqalgan hududlarida ularga qarshi kurashda insektisidlarni o‘ta kichik hajmda purkash (UMO) moslamasidan foydalanish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Respublikamizda tarqalgan zararli chigirtkalarga qarshi maxsus o‘ta kam hajmda purkash (UMO) usulida ishlov uchun mo‘lajallangan Nomolt, 5% m.sus. UMO kimyoviy preparati “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida o‘simlik zararkunandalari, kasalliklariga qarshi foydalanish uchun ruxsat etilgan kimyoviy va biologik himoya vositalari ro‘yxati”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari davlat komissiyasining 2020 yil 25 fevraldagi 2-6/1-39-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ro‘yxatga kiritilgan vositalardan zararli chigirtkalarga qarshi kurashda keng foydalanilgan;
olingan natijalarga asosan 2007-2010 yillarda Respublikamizda tarqalgan zararli chigirtkalarga qarshi 88708 ming gektar maydonda Nomolt 5% m.sus. UMO preparati joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 27 martdagi 02/025-1047-son ma’lumotnomasi); Natijada gektaridan 920 kg qo‘shimcha pichan-xashak hosili va 802050 so‘m sof foyda olishga va 191% rentabellikka erishilgan;
Atilla 5% em.k., kimyoviy preparati bilan 2008-2013 yillarda o‘ta kam hajmda purkash (UMO) moslamasi yordamida 712582 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 27 martdagi 02/025-1047-son ma’lumotnomasi); Buning natijasida gektaridan 670 kg qo‘shimcha pichan-xashak hosili va 579550 so‘m sof foyda olishga va 190% rentabellikka erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish