Raximov Baxodir Baxtiyor o‘g‘lining
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bolalar va o‘smirlarda semizlikning profilaktikasini takomillashtirish», 14.00.07–Gigiena (tibbiyot fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /LA № 0001005, Mustaqil izlanuvchi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.11.2016/B2016.4.Tib193.
Ilmiy maslahatchi: Shayxova Guli Islamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, 14.07.2016.Tib.17.03.
Rasmiy opponentlar: Jae-Wook Choi tibbiyot fanlari doktori, professor; Xudayberganov Anatoliy Sagatbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Najmutdinova Dilorom Kamariddinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: I.I.Mechnikov nomidagi Shimoliy-G‘arbiy davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalar va o‘smirlardagi semizlikning profilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oshqozon-ichak tizimi faoliyati buzilishining oldini olish, ortiqcha xolesterin, shlak va toksinlarni organizmdan chiqarib yuborish va tana vaznini me’yorida ushlab turuvchi biologik faol qo‘shimcha - «Foydali kepaklar» («Bodinorm») ishlab chiqilgan;
ekzogen konstitusional semizlik bilan kasallangan bemor bolalar va o‘smirlar kasallanishini oldini olish va davolash uchun mahalliy tabiiy xomashyolardan olingan biologik faol qo‘shimchalar bilan boyitilgan va past energetik qiymatiga ega bo‘lgan milliy taomnoma ishlab chiqilgan;
oziqaviy qiymati oqsilga boy, karbonsuvlar kamaytirilgan hamda vitamin va mineral moddalarga boy bo‘lgan milliy taomlar asosida Semiz bolalar va o‘smirlar ovqatlanish taomnomasini takomillashtirish;
tibbiy-tashkiliy profilaktik va davolash chora-tadbirlarini aholi va ommaviy axborot vositalari bilan faol ishlash asosida bolalar va o‘smirlar orasida semizlik profilaktikasini samarali tashkil qilishning modeli ishlab chiqilgan;
aholining salomatlik holatida salbiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarmaydigan ovqat qo‘shimchalarini ishlab chiqish, iste’mol miqdori, saqlash va tarqatish talablari ko‘rsatilgan sanitariya me’yor va qoidalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalar va o‘smirlarda semizlikning profilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
organizmning metobolik sindromlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi biologik faol qo‘shimcha - «Foydali kepaklar» («Bodinorm»)ni ishlab chiqishning texnologik yo‘riqnomasi tasdiqlangan (TI 64-20900059-13:2013). Mazkur texnologik yo‘riqnomaning ishlab chiqilishi organizmdan ortiqcha xolesterin, shlak va toksinlarni chiqarib yuborish, tana vaznini me’yorida ushlab turish va oshqozon-ichak tizimi faoliyati buzilishining oldini olishga imkon beruvchi biologik faol qo‘shimchani ishlab chiqishning yagona texnologik shartlarini ta’minlashga xizmat qiladi;
immunitetni oshirish va kasalliklarning oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar «Ovqat qo‘shimchalarini ishlab chiqarish va me’yorlashtirishga qo‘yilgan gigienik talablar» tarkibida tasdiqlangan (Sanitariya qoida va me’yori №0296-11). Mazkur takliflar aholining salomatlik holatida salbiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarmaydigan ovqat qo‘shimchalarini ishlab chiqish, iste’mol miqdori, saqlash va tarqatish talablari bo‘yicha sanitar me’yor va qoidalarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
oziq-ovqat mahsulotlarida glikemik indeksini kamaytirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar «Semizlikda ovqatlanish ratsionlarini gigienik asoslash» uslubiy qo‘llanmasi asosida sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2010 yil 20 apreldagi 8N/60-son; 2016 yil 23 avgustdagi 8D-3/69-son ma’lumotnomalari). Mazkur uslubiy qo‘llanma semirish omillari va kasallikni erta aniqlash, semizlikning profilaktikasi va davolashning gigienik chora-tadbirlarini takomillashtirish imkonini beradi;
tana vazni indeksini me’yorda ushlab turish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar «Semizlikka moyil bolalar va o‘smirlarni parhez davolash texnologiyasi va prinsiplarining ilmiy asoslari» uslubiy qo‘llanmasi asosida sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 4 sentyabrdagi 8N-r/571-son; 2016 yil 23 avgustdagi 8D-3/69-son ma’lumotnomalari). Mazkur uslubiy qo‘llanma ovqat ratsionini gigienik me’yorlashtirish talablarini takomillashtirish imkonini beradi;
semizlik oldini olishning ijtimoiy tahlika omillari ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar «O‘zbekiston Respublikasida bolalar va o‘smirlar orasida semirishning oldini olish modeli» uslubiy qo‘llanmasi asosida sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 7 apreldagi 8N-m/46-son; 2016 yil 23 avgustdagi 8D-3/69-son ma’lumotnomalari). Mazkur uslubiy qo‘llanma tibbiy-tashkiliy profilaktik va davolash tadbirlarini aholi va ommaviy axborot vositalari bilan faol ishlashi asosida bolalar va o‘smirlar orasida semizlik profilaktikasini samarali tashkil qilish imkonini beradi;
bolalar va o‘smirlarda semizlik profilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi, Salomatlik va tibbiy statistika instituti tizimi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 23 avgustdagi 8D-3/69-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning ama-liyotga joriy qilinishi semirishga tashxis qo‘yish tartibini yaxshilash va uning oldini olish chora-tadbirlarini takomillashtirish, aholining turli qatlamlari orasida sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash va harakat faolligini oshirishga xizmat qilib, har bir semizlikni invaziv va tibbiy asbob-uskunlar yordamida aniqlash va davolash tannarxini 5% ga kamaytirish, tana vazni indeksining bolalarda 10,8%, qizlarda esa 10,5%ga kamayishi va profilaktika chora-tadbirlari samaradorligini oshirish imkonini bergan.