Maxamedov Matvay Kurvanalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Issiqxona tripsining bioekologik rivojlanish xususiyatlari va qarshi kurash usullari”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3. PhD/Qx301.
Ilmiy rahbar: Mamatov Kamol Shavkievich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/30.12.2019.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Kimsanboev Xojimurod Xamroqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Yusupova Maxpuza Numonovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sabzavotchilik-polizchilik va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Issiqxona sharoitida etishtiriladigan ekinlarda zarar keltiradigan issiqxona tripsining bioekologiyasi va tarqalish areali, issiqxona tripsining rivojlanish xususiyatlari, o‘simliklarga keltiradigan zararini aniqlash, unga qarshi atrof–muhitga kam zararli bo‘lgan uyg‘unlashgan kurash choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Respublikamiz issiqxonalarida bodring, pomidor va qalampir ekinlarida yo‘nalishli kuzatuvlar olib borilib, issiqxona tripsining bioekologiyasi, rivojlanishi va tarqalishi aniqlangan;
issiqxona tripsi (H. haemorrhoidalis) bilan zararlanadigan o‘simlik turlari va ularda rivojlanish xususiyatlari aniqlangan;
bodring, pomidor va qalampirning turli o‘suv davrlarida issiqxona tripsining keltiradigan zarari aniqlangan;
issiqxona tripsi (H. haemorrhoidalis) ga qarshi istiqbolli kimyoviy vositalarning biologik samaradorligi aniqlanib, ularning reglamenti belgilangan;
issiqxona tripsiga qarshi entomofaglarning tarqatish muddati va biologik samaradorligi aniqlangan;
issiqxona tripsiga qarshi qo‘llanilgan samarali usul va vositalarning xo‘jalik va iqtisodiy samaradorligi aniqlanib, ishlab chiqarishga tavsiya qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Issiqxona tripsining bioekologik rivojlanish xususiyatlari va qarshi kurash usullari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
Toshkent viloyatining Qibray tumani issiqxona xo‘jaliklarida istiqbolli insektisidlardan: Deltatsis 2,5% em.k. 0,5 l/ga., GF–1587 0,2 l/ga., Kolo 50% sus.k. 1,0 l/ga., Mavento Enerji 24% sus.k. 1,0 l/ga., Pilora 24% sus.k. 0,25–0,5 l/ga., Lambatrin 29,5% em.k. 2,0 l/ga., Paksara 40% sus.k. 0,3 l/ga., Kraun 24% sus.k. 0,25 l/ga. va Poleris plyus 32% em.k. 0,25 l/ga. preparatlari jami 14,3 gektar maydonida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 13 dekabrdagi 02/025–4225–son ma’lumotnomasi). Buning natijasida issiqxona tripsiga qarshi kimyoviy preparatlar qo‘llanilganda 86,5–94,4% biologik samaradorlikka erishilgan;
issiqxona tripsiga qarshi kurashda istiqbolli insekto–akarisidlar: Deltatsis, 2,5% em.k. 0,5 l/ga., Aktara s.e.g. 25,0 kg/ga., Kolo 50% sus.k. 1,0 l/ga., Mavento Enerji 24% sus.k. 1,0 l/ga., Pilora 24% sus.k. 0,25–0,5 l/ga., Lambatrin 29,5% em.k. 2,0 l/ga., Paksara 40% sus.k. 0,3 l/ga., Kraun 24% sus.k. 0,25 l/ga. va Poleris plyus 32% em.k. 0,25 l/ga. preparatlari «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida o‘simlik zararkunandalari va kasalliklarga qarshi foydalanish uchun ruxsat etilgan kimyoviy vositalar ro‘yxati» ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari Davlat komissiyasining 2019 yil 19 noyabrdagi 2–5/228–son ma’lumotnomasi). Natijada, himoya uchun sarflangan har 1 so‘m evaziga 3,1–3,7 so‘mlik qo‘shimcha mahsulot olishga erishilgan.