Isaev Oybek Axmed o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Curxon vohasidagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar (1925-1941 yy.), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Tar536.
Ilmiy rahbar: Shadmanova Sanavar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019. Tar.78.02
Rasmiy opponentlar: Xaitov Shadmon Axmadovich, tarix fanlari doktori; Rajabov Qahramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1925-1941 yillarda Surxon vohasida ro‘y bergan iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy jarayonlar tahlili asosida hududdagi ziddiyatli o‘zgarishlar mohiyati va oqibatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sovet hukumatining xususiy mulkchilikni yo‘qotib, sanoat va qishloq xo‘jaligini «sovetlashtirish» jarayonida respublikaning boshqa hududlaridan Surxon vohasiga aholi va mutaxassislarning ko‘chirib keltirilishi voha aholisining ijtimoiy va milliy tarkibiga ta’sir qilganligi tarixiy, statistik materiallar asosida ochib berilgan;
Surxon vohasinning rivojlangan industirial markazlardan uzoqda joylashganligi va mintaqada transport tizimini rivojlanmaganligi bois  mahalliy  aholining kundalik ehtiyoji asosan hunarmandchilik artellari hisobidan qondirilganligi isbotlangan;
sovet davrida vohada zamonaviy tibbiy xizmat yo‘lga qo‘yilgani(shifoxonalar, poliknilika, ambulatoriya)ga qaramasdan, ayrim ob’ektiv, sub’ektiv omillar (tibbiyot xodimlari sonining kamligi, mahalliy tilni bilmasligi va aholining zamonaviy tibbiyotdan ko‘ra an’anaviy tabobatga ishonchi yuqoriligi, xalqning moliyaviy nochorligi va b.lar) sababli mahalliy aholi asosan xalq tabobatidan foydalanganligi aniqlangan;
vohada tashkil etilgan madaniy muassasalar (klub, «qizil choyxona», teatr, muzey, agitpunkt, kutubxona)  faoliyatini asosan yangi jamiyatning «afzalliklarini» targ‘ib etish asnosida o‘zbek xalqining diniy va milliy an’analarini tanqid qilishga qaratilganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surxon vohasidagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar (1925-1941 yy.) tarixini tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
sovet hukumatining xususiy mulkchilikni yo‘qotib, sanoat va qishloq xo‘jaligini «sovetlashtirish» jarayonida respublikaning boshqa hududlaridan Surxon vohasiga aholi va mutaxassislarning ko‘chirib keltirilishi voha aholisining ijtimoiy va milliy tarkibiga ta’sir qilganligiga oid ma’lumotlardan Termiz davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyining «Sovetlar hokimiyati davri» bo‘limini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2020 yil 7 fevraldagi 22-son ma’lumotnomasi). Natijada muzey ekspozisiyalari ilmiy ma’lumotlari boyitilib, tarixiy eksponatlar bilan boyitishga xizmat qildi.
XX asr o‘rtalarida Surxon vohasining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida kechgan jarayonlar, shu jumladan, arxiv hujjatlari va tarixiy manbalar asosida ochib berilgan sovet jamiyatida bo‘layotgan o‘zgarishlarni aholi orasida targ‘ib qilishda madaniy muassasalarning tashkil etilganligi haqidagi ma’lumotlar «O’zbekiston tarixi» telekanali «Ko‘hna kentlar» ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O’zbekiston teleradiokanali» DUKning 2020 yil 7 fevraldagi 02-40-298-son ma’lumotnomasi). Ushbu ko‘rsatuv tomoshabinlarga Surxon vohasining tarixida Termiz shahrining o‘ziga xos hali tadqiq etilmagan qirralari haqida ma’lumot berdi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish