Xamdamova Muxayyoxon Tuxtasinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy  ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli kontratsevtiv vositalarni qo‘llaydigan ayollar bachadon va tuxumdonlarning ul`tratovush anatomiyasi qiyosiy xususiyatlari», 14.00.02 – Morfologiya; 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Tib479.
Ilmiy maslahatchilar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ixtiyarova Gulchexra Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.30.12.2019.Tib.93.01 raqamli kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mirsharapov Utkur Mirsharapovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rasulov Hamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Dobroxotova Yulya Eduardovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Janubiy Kozog‘iston Tibbiyot Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli kontratseptiv vositalarini qo‘llaydigan ayollar bachadon va tuxumdonlarining morfometrik parametrlarini individual-tipologik o‘zgarishlarining o‘ziga xosliklari hamda chanoq va antropometrik ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligini baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor turli xildagi aralash oral tabletka, sof progestin tarkibli in’eksion va mis tarkibli bachadon ichi kontratseptiv vositalarni qo‘llaydigan, birinchi va ikkinchi etuk yosh davridagi ayollarda bachadon va tuxumdonlarning morfometriyasi, hamda chanoq venalarining kompleks uch o‘lchamli ultratovushli tadqiqoti asoslangan; 
ilk bor bachadon va tuxumdonlarning shaklini aniqlashga mavjud ta’rif beruvchi yondashuvdan farqli ravishda bachadon va tuxumdonning chiziqli o‘lchamlarining turli nisbatlarini aks ettiruvchi, kenglik-uzunlik va qalinlik-uzunlik indekslari kattaliklarining darajasi asosida xarakteristikasi uchun miqdor mezonlari ishlab chiqilgan; 
ilk bor o‘ng va chap tuxumdonlarning o‘lchamlari va shakllaridagi bilateral farqlar va tana tuzilishining turli tiplarida ularning uchrash foizi to‘g‘risidagi ma’lumotlar isbotlangan;
ilk bor klimakterik yoshdagi ayollarda aralash oral tabletka va in’eksion sof progesteron tarkibli kontratseptiv vositalarini qo‘llash davomiyligining endometriyga ta’siri isbotlangan; 
ilk bor chanoq venalaridagi R- va E-selektinlar konsentratsiyasining o‘zgarishlari gormonal kontratsepsiya qo‘llash davomida endoteliyning funsional holatini baholashda qo‘shimcha diagnostik mezon sifatida foydalanish  isbotlangan;
ilk bor turli kontratseptiv vositalarni qo‘llaydigan, birinchi va ikkinchi etuk yoshdagi ayollarda bachadon va tuxumdonlarning 3D ultratovushli anatomiyasini taqqoslash uchun axborot bazasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turli kontratseptiv vositalarni qo‘llaydigan ayollar bachadon va tuxumdonlarining ul`tratovush anatomiyasi qiyosiy xususiyatlarni tashxislash  va davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Zamonaviy ul`tratovush tashxisoti» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n-d/180-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma birinchi va ikinchi etuk yoshdagi ayollar orasida saraton kasalligini erta tashxislashda klinik xususiyatlari morfologik ko‘rsatkichlar orqali tashxislash va davolash samardorligini oshirish imkonini bergan;
«O‘rta etuk yoshning birinchi va ikkinchi davridagi ayollarda bachadon va ortiqlarining me’yoriy ul`tratovush mezonlari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan  (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n-d/180-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma fertil yoshdagi ayollar orasida saraton kasalligiga aniq tashxis qo‘yish orqali kasallikning xavf omillarini ajratish va ularni bartaraf qilish orqali nogironlik va o‘limning oldini olish imkonini bergan;
Turli kontratseptiv vositalardan foydalanadigan ayollar bachadon va tuxumdonlarining ul`tratovush anatomiyasi qiyosiy xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyati perinatal markazi, Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli shifoxasining ginekologiya bo‘limi va Xorazm viloyati perinatal markazi,  Buxoro viloyati aholi salomatligini himoya qilish reproduktiv markazi, Buxoro shahar tug‘rukxonasi klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 11 dekabrdagi 8n-z/189-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi onalar va perinatal o‘limini kamayishiga olib keladigan omillar samaradorligini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish