Sa’dullaeva Gulnoza Sodiq qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’lim xizmatlari bozorini rivojlantirishning marketing strategiyasi», 08.00.11 – Marketing; 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt753.
Ilmiy rahbar: Ziyaeva Muxtasar Mansurdjanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Bekmuradov Adxam Sharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alimova Mashxura Toirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot:Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim xizmatlari bozorini rivojlantirishning marketing strategiyalarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“oliy ta’lim sohasida marketing strategiyasi” tushunchasining mohiyati o‘quv jarayonini tashkil qilishning samarali shakllarini qo‘llash, ta’lim xizmatlari sifatining maqsadli marketing parametrlarini inobatga olgan holda baholash va raqobatbardoshlik ustunligini istiqbol talablaridan kelib chiqqan holda har bir marketing segmenti orqali aniqlash asosida takomillashtirilgan;
marketing tadqiqotlarining ijtimoiy so‘rov usuli iste’molchilarning oliy ta’lim xizmatlari sifatidan qoniqishini baholashning chiziqli diskriminant tahlilida ta’lim xizmatidan foydalanuvchilarning maqsadli va baholash holati patametrlarining nisbatini e’tiborga olish asosida takomillashtirilgan:
oliy ta’lim muassasalarini flagman, ilm-fan va innovatsion markaz funksiyasini bajaruvchi, sohalar uchun ta’lim va ilmiy-tadqiqotlar bo‘yicha tayanch hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalari guruhlariga ajratgan holda alohida marketing strategiyalari taklif etilgan;
oliy ta’lim muassasalarining o‘z-o‘zini moliyalashtirish samaradorligini baholash public relation, QR-kodlar, Customer Relationship Management (CRM), social media marketing (SMM) marketing tizimlarining integratsiyalangan axborot-marketing platformasi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Maktabgacha ta’lim xizmatlari bozorida marketing tadqiqotlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“oliy ta’lim tizimida marketing strategiyasi” tushunchasining takomillashtirilgan mazmun-mohiyatiga oid ilmiy tavsiyalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 6 apreldagi 3015-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan ta’lim xizmati va servis sohasini rivojlantirish Dasturi»ni ishlab chiqishda, shuningdek, oliy ta’lim talabalari uchun “Marketing” nomli darslikni (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 359-raqamli guvohnomasi) tayyorlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 maydagi 89-03-1632-son va 2020 yil 17 noyabrdagi 89-03-4799-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilganligi natijasida oliy ta’lim muassasalarida mehnat bozorining ayrim sub’ektlarini malakali kadrlar, o‘quv, innovatsion va boshqa xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlashga qaratilgan qarorlarini qabul qilish, ta’lim xizmatlari va tadbirkorlik faoliyati samaradorligini baholash uchun tatbiq etilayotgan ko‘rsatkichlarni tizimlashtirish asosida ularning alohida yo‘nalishlari bo‘yicha samaradorlikni aniqlash imkoniyati yaratilgan;
oliy ta’lim faoliyatida marketing strategiyasini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi indikatorlar tizimiga bitiruvchilarning mehnat bozoriga chiqqandan keyingi bir yil davomidagi daromadlari miqdori va raqobatchilarning ta’lim xizmatlari bozoridagi ulushini aniqlashga oid yangi indikatorlarini qo‘shgan holda takomillashtirishga oid ilmiy takliflardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 10 yanvardagi 18-son buyrug‘iga asosan ta’limni rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 maydagi 89-03-1632-son ma’lumotnomasi). Natijada, iste’molchilar talabiga yo‘naltirilgan marketing strategiyasini shakllantirishda OTMlarda kadrlar tayyorlash raqobatbardoshligini oshirish ta’sirini baholash hamda OTMlarni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish dasturlari ishlab chiqish jarayonlari takomillashgan;
oliy ta’lim muassasalarini flagman, ilm-fan va innovatsion markaz funksiyasini bajaruvchi, sohalar uchun ta’lim va ilmiy-tadqiqotlar bo‘yicha tayanch hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalari guruhlariga ajratgan holda alohida marketing strategiyalari natijalaridan Akademik innovatsiyalar fondining “Oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirishda klasterli yondashuv “O‘quv ilmiy kompleks” tashkil etish” mavzusida amalga oshirilayotgan loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 8 iyundagi 89-03-2464-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi yo‘nalishida “Universitet 3.0” modelini bosqichma-bosqich yaratish va innovatsiyalarni tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirgan hamda ta’lim sifati bo‘yicha chiziqli diskriminant tahlil usulida 17,6% talabalarning fikri o‘rganilgan;
oliy ta’lim muassasalarining o‘z-o‘zini moliyalashtirish samaradorligini baholash public relation, QR-kodlar, Customer Relationship Management (CRM), social media marketing (SMM) marketing tizimlarining integratsiyalangan axborot-marketing platformasidan 2018-2020 yillarda bajarilgan №PZ-20170928537 “O‘zbekistonda ijtimoiy sohani moliyalashtirishni takomillashtirish yo‘llari” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 7 avgust 89-03-2735-son ma’lumotnomasi). Natijada, universitetlar o‘zini o‘zi moliyalashtirish mexanizmiga o‘tayotgan jarayonda raqamli platformalardan foydalanishning birinchi bosqichida 25,0 foiz iste’molchilarning ta’lim sifati to‘g‘risidagi fikrini aniqlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish