Aliboev Sobir Xolboevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Interaktiv  elektron  ta’lim trenajyorlarini  yaratish va undan foydalanish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1505.
Ilmiy rahbar: To‘raqulov Olim Xolbo‘taevich,  pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Beknazarova Saida Safibullaevna, texnika fanlari doktori, professor; Jo‘raev Xusniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi interaktiv elektron ta’lim trenajyorlarini yaratish hamda undan “Ma’lumotlar bazasi” fanini o‘qitishda foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektron axborot ta’lim muhitining yaxlitlik, ochiqlilik, variativlik va ko‘p funksiyalilik xususiyatlariga ustuvorlik berish asosida  zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan interaktiv elektron ta’lim trenajyori komponentlari (intensional, operatsional va mazmunli) mazmuni takomillashtirilgan; 
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan, masofadan turib kompyuter yoki mobil` texnologiyalari yordamida ta’lim olish imkonini taqdim etuvchi va ta’lim jarayoni sub’ektlari faoliyatlarini integratsiyalovchi   interaktiv elektron ta’lim trenajyori dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan;
innovatsion elektron axborot ta’lim muhitini shakllantirishga yo‘naltirilgan talabalarda  ma’lumotlar bazasi kursining  so‘rovlar tili buyruqlari majmuasi bilan ishlashga oid aqliy harakatlarni bosqichma bosqich shaklantirishni ta’minlovchi kontentni yaratish orqali interaktiv elektron ta’lim trenajyorining metodik ta’minoti takomillashtirilgan; 
o‘quv jarayoniga interaktiv elektron ta’lim trenajyori hamda “The turned traing” texnologiyasini qo‘llash asosida  “ma’lumotlar bazasi” fanini o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Interaktiv elektron ta’lim trenajyori yaratish va undan o‘quv jarayonida foydalanish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
elektron axborot-ta’lim muhitini shakillantirishga, talabalarning o‘zlashtirgan nazariy bilimlari va egallangan amaliy ko‘nikmalari darajalarini qayd etish va monitoringini olib borishga, yakuniy xulosalarni umumlashtirishga xizmat qiluvchi interaktiv elektron ta’lim trenajyorini joriy etishga oid takliflar informatika o‘qitish metodikasi  bakalavriat yo‘nalishi malaka talablari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 iyundagi 89-03-2033-son ma’lumotnomasi). Natijada, talablar o‘zlashtirgan nazariy bilimlar va egallangan ko‘nikmalarni qayd etishning zamonaviy texnalogiyalarga asoslangan tizimini joriy etishga zamin yaratilgan;
malaka talablarida qo‘yilgan kompetensiyaviy yondashuv talablari asosida talabalarda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga imkon beruvchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan interaktiv elektron ta’lim trenajyori komponentlari mazmunini takomillashtirishga oid takliflar “O‘quv jarayonida interaktiv elektron ta’lim trenajyoridan foydalanish” nomli uslubiy qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 iyundagi 89-03-2033-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim mazmuni takomillashtirilgan hamda informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi talabalarining bilim va amaliy ko‘nikmalari darajalari oshgan;
talabalarda  ma’lumotlar bazasi kursining  so‘rovlar tili buyruqlari majmuasi bilan ishlashga oid aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich shaklantirishni ta’minlovchi kontentni yaratish orqali interaktiv elektron ta’lim trenajyorining metodik ta’minotini takomillashtirishga oid takliflar “Ma’lumotlar bazasi” fani bo‘yicha yaratilgan elektron ta’lim resurslari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 iyundagi  89-03-2033-son ma’lumotnomasi). Mazkur elektron ta’lim resurslari talabalarda regulyativ va kognitiv universal o‘quv xarakatlarini shakillantirishga xizmat qilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish