Pulatov Djavdat Abdujabborovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak psixologiya o‘qituvchilarining amaliy kompetentligini monitoring qilish tizimini takomillashtirish», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3. PhD/Ped560.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Ilmiy rahbar: Musurmonova Aynisa, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020 Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Olimov Shirinboy Sharopovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Shoumarov G‘ayrat Bahromovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak psixologiya o‘qituvchilari amaliy kompetentligini monitoring qilish tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak psixologiya o‘qituvchilarining amaliy kompetentligini monitoring (intelektual, tinglash, boshqarish, muvozanatlilik, hissiy) parametrlari pedagogik-amaliy tayyorgarlik bosqichlariga oid neyrolingvistik dastur, psixoanaliz va emotsional sifat elementlari mazmunini ochib berish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak psixologiya o‘qituvchilarining amaliy kompetentligini rivojlantirishning tashkiliy pedagogik shart-sharoitlari tarkibi refleksiv boshqaruv (pedagogik-psixologik, texnologik, diagnostik va kasbiy) omillarini o‘zaro funksional (vertikal, gorizontal, to‘ldiruvchi) integratsiyalash imkoniyatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
amaliy kompetentlikni monitoring tizimining axborot-metodik ta’minoti seminar-trening mashg‘ulotlarini ishlab chiqish, vizual simulyasiya va interaktiv modellashtirish (tasvirli, namoyishli, interfeysli)ning texnologik xususiyatlarini belgilash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak psixologiya o‘qituvchilarining amaliy kompetentligi darajasini baholash usullari diagnostik ko‘rsatkichlar tarkibiga pedagogik-psixologik-akmeologik (o‘zini o‘zi mustaqil kasbiy va amaliy rivojlantirishga oid) indikatorlar tizimini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak psixologiya o‘qituvchilarining amaliy kompetentligini monitoring qilish tizimini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak psixologiya o‘qituvchilarining amaliy kompetentligi monitoringi parametrlari (intellektual, tinglash, boshqarish, muvozanatlilik, emotsional), pedagogik-amaliy tayyorgarlik bosqichlariga oid neyrolingvistik dastur, psixoanaliz va emotsional sifat elementlari mazmuniga oid takliflardan “5110900 – Pedagogika va psixologiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish, “Mutaxassislikka kirish”, “Umumiy psixologiya”, “Eksperimental psixologiya va praktikum”, “Umumiy psixodiagnostika”, “Sotsial psixologiya”, “Pedagogik psixologiya va psixologiyani o‘qitish metodikasi” fanlari o‘quv modullari mazmuni va metodik ta’minotini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 25 iyundagi 89-03-2268-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak psixologiya o‘qituvchilarini amaliy faoliyatga tayyorlashga yo‘naltirilgan umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
psixologiya o‘qituvchilarining amaliy kompetentligini rivojlantirishning tashkiliy pedagogik shart-sharoitlari tarkibi, refleksiv boshqaruv omillarini (pedagogik-psixologik, texnologik, diagnostik vakasbiy) o‘zaro funksional integratsiyalash (vertikal, gorizontal, to‘ldiruvchi) imkoniyatlariga doir taklif va tavsiyalardan “Psixologik xizmat ko‘rsatish markazi” faoliyati samaradorligini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 25 iyuldagi 89-03-2268-son ma’lumotnomasi). Natijada, psixologik xizmat ko‘rsatish markazi faoliyati asosida bo‘lajak psixologiya o‘qituvchilari ta’lim jarayoniga kreativ yondashuv samaradorligini oshirishga erishilgan;
amaliy kompetentlik monitoringi tizimining axborot-metodik ta’minoti, seminar-trening mashg‘ulotlarini ishlab chiqish, vizual simulyasiya va interaktiv modellashtirishning (tasvirli, namoyishli, interfeysli) texnologik xususiyatlari, amaliy kompetentlik darajasini baholash usullari, diagnostik ko‘rsatkichlar tarkibiga pedagogik-psixologik-akmeologik (mustaqil o‘zini o‘zi kasbiy va amaliy rivojlantirishga oid) indikatorlar tizimini kiritishga oid tavsiyalardan A-1-16 raqamli “Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarda kasbiy qiziqishlarni rivojlantirishning psixologik xususiyatlari” amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 25 iyuldagi 89-03-2268-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyiha doirasida ishlab chiqilgan metodik ta’minot bo‘lajak psixologiya o‘qituvchilarining imkoniyati cheklangan o‘quvchilar bilan ishlashda amaliy kompetentligini baholash va rivojlantirishga xizmat qilgan.