O‘roqov Uchqun Yunusovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy byudjetlar mustaqilligini oshirishni takomillashtirish yo‘llari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.Phd/Iqt984.
Ilmiy rahbar: Xaydarov Nizamiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Usmonov Kaxramonjon Akbaralievich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falasafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy byudjetlar mustaqilligini oshirishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublika byudjetiga ajratma qilinadigan soliqlar bo‘yicha prognozdan ortiqcha tushgan qismini mahalliy byudjetlar ixtiyorida qoldirish asosida mahalliy hokimlik idoralarining byudjetga qo‘shimcha daromad tushirishdagi manfaatdorligini oshirish taklif etilgan;
alkogol` mahsulotlari va mobil` aloqa xizmatini ko‘rsatganlik uchun aksiz solig‘i tushumlarini aholi sonidan kelib chiqib, mahalliy byudjetlarga taqsimlash orqali mahalliy byudjetlar moliyaviy mustaqilligini oshirish va daromadlarini barqarorlashtirish asoslangan;
mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim muassasalarining birinchi va ikkinchi guruh xarajatlarini respublika byudjetiga o‘tkazish asoslangan;
mahalliy byudjetlarning zaxira jamg‘armalari miqdorini tegishli byudjetlar umumiy xarajatlarining 1,5 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy byudjetlar mustaqilligini oshirishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
respublika byudjetiga ajratma qilinadigan soliqlar bo‘yicha prognozdan ortiqcha tushgan qismini mahalliy byudjetlar ixtiyorida qoldirish asosida mahalliy hokimlik idoralarining byudjetga qo‘shimcha daromad tushirishdagi manfaatdorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining «2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4555-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 25 sentyabrdagi 06/04-02-01-32-2258-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2020 yil I yarim yilligida 210 mlrd. so‘m mablag‘ mahalliy byudjetlarga (mahalliy byudjetlar jami daromadlarining 1,2%) o‘tkazib berilishiga erishilgan;
alkogol` mahsulotlari va mobil` aloqa xizmatini ko‘rsatganlik uchun aksiz solig‘i tushumlarini aholi sonidan kelib chiqib, mahalliy byudjetlarga taqsimlash orqali mahalliy byudjetlar moliyaviy mustaqilligini oshirish va daromadlarini barqarorlashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining «2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4555-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 25 sentyabrdagi 06/04-02-01-32-2258-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2020 yil yanvar`-avgust oylarida 1784 mlrd. so‘m mablag‘ mahalliy byudjetlarga (mahalliy byudjetlar umumiy daromadlarining 10,4%) o‘tkazib berilishiga erishilgan;
mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim muassasalarining birinchi va ikkinchi guruh xarajatlarini respublika byudjetiga o‘tkazish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 9 dekabrdagi «2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi O‘RQ-589-son Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar Qo‘mitasining 2019 yil 27 dekabrdagi 04/1-06-117-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim muassasalarining birinchi va ikkinchi guruh xarajatlari respublika byudjetiga o‘tkazilishi ta’minlangan;
mahalliy byudjetlarning zaxira jamg‘armalari miqdorini tegishli byudjetlar umumiy xarajatlarining 1,5 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 9 dekabrdagi «2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi O‘RQ-589-son Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar Qo‘mitasining 2019 yil 27 dekabrdagi 04/1-06-117-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy byudjetlardan kechiktirib bo‘lmaydigan hamda oldindan nazarda tutib bo‘lmaydigan xarajatlarni, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan tadbirlarni moliyalashtirish imkoniyati yaratilgan.