Daminov Oybek Olimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida tayanch kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish metodikasini takomillashtirish (Erusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi) ta’lim yo‘nalishi misolida)”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped1030.
Ilmiy rahbar: Xodjabaev Anarbay Rustamovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Shodiev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mirsolieva Muhabbat Tuxtasinovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kompetentli yondashuv asosida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarida tayanch kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining tayanch kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishda o‘quv rejasidagi umumkasbiy (“Kasbiy pedagogika” va “Ichki yonuv dvigatellari nazariyasi”) fanlar bo‘yicha namunaviy o‘quv dasturlari buyurtmachilar talablari asosida modullilik tamoyiliga ko‘ra takomillashtirilgan;
tayanch kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishning didaktik imkoniyatlari va o‘quv-metodik ta’minoti (“Ichki yonuv dvigatellari nazariyasi” nomli o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy majmua, “IYoD indikator va yoyilgan kuchlar diagrammasini qurish” elektron mul`timedia vositasi, “Kasbiy pedagogika” nomli darslik va elektron o‘quv qo‘llanma) interfaol metod (Morphological analysis, Modeling method, Case study, Business game, Project method, graphs "Fishbone", SWOT analysis)larni integrativ qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
“Ichki yonuv dvigatellari nazariyasi” o‘quv fanidan laboratoriya ishlarini bajarish jarayoni 3D Max va Masromedia Flash dasturlari asosida yaratilgan virtual laboratoriya vositasida, shuningdek “modellashtirish” va “loyihalash” metodlaridan foydalanib takomillashtirilgan;
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarida tayanch kasbiy kompetensiyalar shakllanganligi darajalarini ob’ektiv baholashning kognitiv, qisman izlanuvchan, faoliyatli-amaliy mezonlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida tayanch kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarida kompetentli yondashuv asosida tayanch kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishning ahamiyati va o‘rnini aniqlash, umumkasbiy fanlar modul birliklaridagi texnik bilimlarni kompyuter texnologiyalari asosida integratsiyalash, ixchamlashtirish, tuzilmalashtirish orqali bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilari tayanch kasbiy kompetensiyalarining komponentlari (texnik, texnologik, axborot) mazmunini rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlari noan’anaviy (Morphological analysis, Modeling method, Project method) metodlar asosida takomillashtirishga oid ilmiy taklif va tavsiyalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 24 avgustdagi 603-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 5111000 – Kasb ta’limi (Erusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (traktorlar va qishloq xo‘jalik mashinalari)) ta’lim yo‘nalishining malaka talablari, “Kasbiy pedagogika”, “Ta’lim texnologiyalari”, “Ichki yonuv dvigatellari nazariyasi” umumkasbiy fanlarining namunaviy dasturlari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 martdagi 89-03-1121-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalardan kasb ta’limi mazmunini modernizatsiyalash asosida takomillashtirilgan o‘quv dasturlari, darsliklar, metodik qo‘llanmalar ishlab chiqishda foydalanilgan;
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisida tayanch kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishning axborot-metodik ta’minoti o‘qitishning samarali didaktik texnologiyalari (Case study, Business game, graphs "Fishbone", SWOT analysis) va vositalari (turli darajali testlar, muammoli masalalar, virtual laboratoriya va laboratoriya topshiriqlari tizimi), texnik topshiriqlar (grafik, maketlashtirish, texnologik, konstruktorlik)ni bajarishning variativ usullari (nazariy, amaliy, ijodiy, variantlarni tanlash, morfologik tahlil, modellashtirish, assisment) orqali takomillashtirishga doir takliflar asosida “Kasbiy pedagogika” nomli darslik, “Ichki yonuv dvigatellari nazariyasi” nomli o‘quv qo‘llanma va “Kasbiy pedagogika” nomli elektron o‘quv qo‘llanma, “Ichki yonuv dvigatellari nazariyasi” fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua asosida olingan natijalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining №AIF-2/18 “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash” (2019-2021 yy.) mavzusidagi xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan va amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 martdagi 89-03-1121-son ma’lumotnomasi). Mazkur didaktik ta’minot bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarida tayanch kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qilgan;
malakaviy tayyorgarlik sifatlariga DTS va buyurtmachilar tomonidan qo‘yilayotgan talablar kompetentli yondashuv asosida takomillashtirilgan tayanch kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishning didaktik tuzilmasi, modeli va metodikasi, uslubiy ta’minoti (kompetentli yo‘naltirilgan ishchi dastur, virtual laboratoriya va mul`timediali elektron qo‘llanma, qiyinlik darajasi turlicha bo‘lgan testlar va amaliy topshiriqlar), tayanch kasbiy kompetensiyalar shakllanganligi darajalarini ob’ektiv baholashning kognitiv, qisman izlanuvchan, faoliyatli-amaliy mezonlari tizimi Toshkent davlat texnika universiteti, Termiz davlat universiteti, Namangan davlat universiteti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Jizzax politexnika institutlarining 5111000 – Kasb ta’limi (Erusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi) ta’lim yo‘nalishlarida joriy etilib, tajriba-sinovdan o‘tkazilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 martdagi 89-03-1121-son ma’lumotnomasi). Mazkur model` va uni joriy etishning ilmiy-metodik ta’minoti kasb ta’limi o‘qituvchisini tayyorlash sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish