Zokirov Odiljon Yoqubjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bulutli hisoblash tizimlarida foydalanuvchilarni autentifikatsiyalash usullari va algoritmlari», 05.01.05 – Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1892.
Ilmiy rahbar: Ganiev Salim Karimovich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Madjit Malikovich, texnika fanlari doktori, professor; Normatov Sherbek Baxtiyarovich, PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: «UNICON.UZ» – fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bulutli hisoblash tizimlarida ikki omilli va kriptografik algoritmlarga asoslangan foydalanuvchilarni autentifikatsiyalash usul va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ochiq kalitli algoritmlar yordamida shaxsiy ma’lumotlarni shifrlash yo‘li bilan birgina foydalanishli ruxsatlarni nazoratlash protokoli takomillashtirilgan;
elliptik egri chiziqlar afzalliklarini inobatga olgan xolda bulutli hisoblash tizimlarida foydalanuvchilarni ikki tomonlama autentifikatsiyalash protokoli ishlab chiqilgan;
mobil` bulutli hisoblash tizimlari uchun «savol-javob» mexanizmiga asoslangan ikki tomonlama autentifikatsiya protokoli ishlab chiqilgan;
ikki tomonlama autentifikatsiyalash protokollari asosida birgina foydalanishli autentifikatsiya tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishlab chiqilgan bulutli hisoblash tizimlarida foydalanuvchilarni haqiqiyligini tekshirish usullari, algoritmlari va dasturiy vositalari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
elliptik egri chiziqqa asoslangan foydalanuvchilarni autentifikatsiyalash protokollarning dasturiy vositasi “UNICON.UZ” DUK – Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazining amaliy faoliyatida joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 1 dekabrdagi 33-8/7322-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan autentifikatsiya protokoli har ikkala tomonda hisoblashlar vaqti bo‘yicha, mavjudlariga nisbatan 1,16 marta yuqori samaradorlikni qayd etgan;
ishlab chiqilgan autentifikatsiya usullari asosida takomillashtirilgan OpenID Connect birgina foydalanishli autentifikatsiya “COSCOM” MChJning amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 1 dekabdagir 33-8/7322-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida OpenID Connect birgina foydalanishli autentifikatsiya tizimi tashkilot xodimlari tomonidan yuritilayotgan ko‘plab parolga asoslangan tizimni yagona maxfiy parametr asosida boshqarish va parolni yodda saqlash bilan bog‘liq muammolarni 4 marta kamaytirish imkonini bergan;
mobil qurilmalar imkoniyatiga asoslangan autentifikatsiya usulining dasturiy vositasi Davlat Xizmatlari Agentligining amaliy faoliyatida joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 1 dekabrdagi 33-8/7322-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan autentifikatsiya protokoli SCRAM protokoliga nisbatan hisoblashlar soni bo‘yicha 2,5 marta yuqori samaradorlikni qayd etgan.