Karabaeva Ra’no Botirovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘simlik moylarini boyitish yo‘li bilan yangi sifatli yog‘ mahsulotlarini yaratish va ularni sinflash (Prunus persica var. nectarine o‘simligi misolida)», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/K321. 
Ilmiy rahbar: Ibragimov Alijon Aminovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Karimqulov Qurbonqul Mavlonqulovich texnika fanlari doktori, professor., Isaqov Muxammadjon Yunusovich kimyo fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Prunus persica var. nectarine o‘simligining mag‘zidan olinadigan noan’anaviy moy asosida o‘simlik moylarining yangi turlarini yaratish, boyitilgan o‘simlik moylarini kimyoviy tarkibiga ko‘ra sinflashdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
namunalar tarkibida 50 dan ortiq terpenoidlar mavjudligi aniqlangan, ularning o‘zaro hamda dunyoning boshqa mintaqalaridagi turdoshlari bilan tuzilishi va miqdoriy nisbati qiyosiy asoslangan;
namunalar tarkibida deyarli barcha oqsiltuzuvchi aminokislotalar biosintezlanishi hamda boshqa mintaqalardagi namunalardan afzallik tomonlari isbotlangan;
ilk bor tabiiy xomashyodan oqilona foydalanish maqsadida meva chiqindi mahsuloti Prunus persica var. nectarine o‘simligidan foydalanib, yangi turdagi inson salomatligi uchun foydali bo‘lgan boyitilgan iste’mol moyi sifati fizik-kimyoviy  ko‘rsatgichlari aniqlangan;
shaftoli yog‘i tarkibi xususiyatlarini aniqlash asosida uning biologik faol moddalarini tozalangan dezodoratsiyalangan o‘simlik moyida foydalanib olishning maqsadga muvofiqligi va samaradorligi ilmiy asoslangan;
yog‘larning yangi turlarini yaratishda o‘ziga xos uslubiy yondashuv ishlab chiqilgan va uning asosida ikki va ko‘p komponentli yangi kompozisiyalar yaratilgan;
ilk bor meva chiqindi mahsulotlaridan olinadigan moylar miqdori yangi mahsulotning organoleptik va fizik-kimyoviy xususiyatlariga xamda ozuqaviy qiymati va biologik samaradorligiga ijobiy ta’siri aniqlangan;
mahsulotning kimyoviy tarkibi asosida unga takomillashtirilgan ettita yangi TIF TN kodlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Prunus persica var. nectarine o‘simligining mag‘zidan olinadigan noan’anaviy moy asosida o‘simlik moylarining yangi turlarini yaratish, boyitilgan o‘simlik moylarini kimyoviy tarkibiga ko‘ra sinflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha boyitilgan kungaboqar moyining kimyoviy tarkibi asosida unga takomillashtirilgan 15121191011; 15121191019;15121191091; 1512 11 910 99  raqamli  tovar kodlari ishlab chiqilgan va davlat bojxona amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020 yil 20 noyabrdagi 1/16-396-son ma’lumotnomasi). Natijada, tovarlar kimyosi sohasidagi bilimlarini mustahkamlash imkonini bergan;
tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha boyitilgan paxta moyining kimyoviy tarkibi asosida unga takomillashtirilgan 1512299001; 1512299002; 1512299009 raqamli tovar kodlari ishlab chiqilgan va davlat bojxona amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020 yil 20 noyabrdagi 1/16-397-son ma’lumotnomasi). Natijada, import va eksport bo‘layotgan ushbu turdagi maxsulotlarga mos bojxona bojlari, aksiz soliqlarini undirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish